“Svet, gazi bölmasa qanday qilib “Obod mahalla” yoki “Obod qişloq” bölişi mumkin?”
Özbekistonda elektr tarmoqlari va transformatorlarning 4 foizi 2016 yilga qadar ta'mirlangan edi. Raqamlarda körilsa 25 yil davomida respublika böyiça 9 ming 300 kilometr elektr tarmoqlari va 4 ming 800 ta transformatorlar yangilangan.
2017 yildan buyon 25 ming kilometr elektr uzatiş tarmoqlari va 8 ming 900 ta transformatorlar töliq yangilandi. Köriş mumkinki, bu raqamlar oldingi 25 yilga nisbatan 2,5 baravarga köpdir.
Ma'lumot uçun davlat rahbari “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlari böyiça ötkazilgan videoselektor yiğilişida bu işlar avvalroq qilinmaganiga sabab şu davrga qadar gaz, elektr tizimining hisob-kitobi bölmaganida ekanligini aytgan edi.
“Köpçilik öylaşi mumkin, nega şu işlar 4 yil avval qilinmagan deb. Buni öşa payt qila olmasdik, çunki gaz, elektr tizimining hisob-kitobi yöq edi. Hozirgi elektron hisoblaş tizimini yölga qöyganimiz hisobiga barçasini yölga qöyib oldik. Öşa 455 km quvurni almaştiramiz, bunda ham investorlarni jalb qilamiz. Bu masala ham juda muhim. Svet, gazi bölmasa qanday qilib “Obod mahalla” yoki “Obod qişloq” bölişi mumkin?”,- degan edi prezident.
Darhaqiqat, viloyatlar aholisidan bölayotgan murojaatlar bu sohada hali amalga oşiriladigan işlar köp ekanligini bildiradi. Şu sababdan barça viloyat, şahar va tuman hokimliklari hamda mahallalar raislari bilan birgalikda mahallalar “oğir” va “öta oğir” toifalarga ajratildi.
Har bir viloyat elektr tarmoqlari alohida tizimga aylanadi
Viloyatlarda 14 ta loyihalaş guruhlari taşkil etildi. Bu guruhlarda 120 dan ortiq mutaxassis iş olib bormoqda. Har bir loyiha-smeta hujjatlari hududiy elektr tarmoqlari korxonalari qoşida taşkil etilgan 171 ta maxsus quriliş-montaj brigadalariga bevosita taqdim etilmoqda.
















