Feruzaxon Jörayeva Özbekiston tumanining Qudaş qişloğida istiqomat qiladi. U öz xonadonining yertölasida qöziqorin yetiştirişni yölga qöygan. Feruza Jörayeva tumandagi «Ayollar daftari»da röyxatda turadi. U davlat tomonidan bepul öqitilib, salkam tadbirkorga aylandi. 

Feruza opa yetiştirayotgan qöziqorinlar foydaga kira boşlagan. Biroz qoronği va salqin xonada yetiştirilayotgan qöziqorinlar xuddiki savdo dökonlaridagi kabi peştaxtalarga terib qöyilgani e'tiborimizni tortdi. Peştaxtalardagi polietilen qopçalarni yorib çiqib böy körsatayotgan qöziqorinçalarni körib suhbatdoşimizdan uni yetiştirişning oğir-yengili haqida söradik. 

«Qöziqorinni yetiştiriş uçun şeluxa bir kun oldin ivitib qöyiladi. Uning öziga kerakli bölgan dorilari bor, öşa dorilari ham qöşiladi.  Ikkinçi qatoriga uruğ soldik, uruğdan söng yana şeluxa solinadi. Bir qator uruğ, bir qator şeluxa solib ekib çiqiladi. Bitta qop sakkiz, töqqiz qator böladi. 

Hosil dastlab kiçkina-kiçkina bölib yetişib çiqadi. Şu singari özidan özi köpayib boraveradi», — deydi F.Jörayeva biz bilan suhbatda. 

Uning ta'kidlaşiça qöziqorin yetiştiriş uçun tozalik va ozodalik birinçi örinda turadi.
 
«Qöziqorinlar yetişib çiqişi uçun avvalo tozalik, toza havo va 23 darajadagi issiqlik kerak böladi. Mehnati oğir emas. Inson özini qanday parvariş qilsa, bularga ham xuddi şunday parvariş berilsa böldi. Özidan özi köpayib ketaveradi», — deya ta'kidlaydi Feruza opa. 

Ma'lum bölişiça, hozirda qöziqorin yetiştiriş ilmini puxta egallagan qahramonimizga tuman mutasaddilari tomonidan mahalladagi böş turgan bino ham biriktirib berilgan. U bu yerda ham qöziqorin yetiştirişni yölga qöygan. Yetiştirilayotgan mahsulotlar esa Farğona va Toşkent şaharlaridagi savdo dökonlariga yetkazib berilmoqda. Talab yuqori bölgani uçun Feruza opa öz faoliyatini yanada kengaytiriş niyatida: