Samarqand viloyati Narpay tumanida ayol tanişining nojöya körinişda tuşgan suratlarini tarqatiş bilan tahdid qilib pul olgan erkak qölga olingan. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 23 aprel kuni soat 13:00 da 30 yoşli Q.Ozodjon Narpay tumani Amir Temur mahallasida tanişi 28 yoşli R.Feruzaning nojöya körinişdagi suratlarini tarqatiş bilan tahdid qilgan. U suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yubormaslik evaziga R.Feruzadan 1,5 million söm pul söragan. Söng, uşbu pullardan 1 million sömni tovlamaçilik yöli bilan olayotgan vaqtida Narpay tumani IIB JQB xodimlari tomonidan qölga olingan. Tovlamaçidan kimyoviy işlov berilgan 1 million söm pullar aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.

Qayd etilişiça, olib borilgan tergovga qadar tekşiruv davomida, Q.Ozodjon 2021 yil aprel oyining boşida R.Feruzaning nojöya körinişidagi rasmlarini telefonidan öçirib taşlaş evaziga undan 300 ming söm pullarni tovlamaçilik yöli bilan olganligi aniqlangan.

Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan Narpay tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Q.Ozodjonga nisbatan jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov davom etmoqda.