Gap 2011 yil noyabridan 2020 yilga qadar qurol omborxonalari va zavodlarida röy bergan portlaşlar haqida ketmoqda. Mamlakat boş prokurori vakili Siyka Mileva brifingda ma'lum qilişiça, bu portlaşlar va uç nafar bolgariyalik, şu jumladan, tadbirkor Gebrevni zaharlaşga urinişlar hamda boşqa davlat hududidagi boşqa oğir jinoyatlar örtasida öxşaşlik borligini ma'lum qilgan.
«Tekşiruvlar davomida aniqlandiki, Rossiyaning olti nafar fuqarosi portlaşlar sodir bölgan vaqtlarda hamda Rossiyaning uç nafar fuqarosini zaharlaşga urinişlar bölganida Bolgariya hududida bölişgan. Ayni vaqtda rossiyaliklarning maqsadi maxsus mahsulotlar Gruziya va Ukrainaga yetkazib berilişini töxtatiş bölgani töğrisida yuqori aniqlik bilan xulosa qilişga imkon beruvçi dalillar töplangan», degan Mileva.
Avvalroq Çexiya hukumati Rossiya fuqarolari mamlakatdagi qurol omborxonalarida yuz bergan portlaşlarda gumon qilinayotganini ma'lum qilgandi.
Bolgariya prokuraturasi vakili hamkorlikda tekşiruv ötkaziş uçun xalqaro hamkorlik liniyasi böyiça Çexiya huquq-tartibot organlari bilan aloqalar örnatilgani haqida ma'lum qilgan.
Ötgan yil fevralida Bolgariya tadbirkor Emilian Gebrev, uning öğli Xristo Gebrev va uning kompaniyasi direktorini zaharlaşga urinişda ayblanayotgan uç nafar rossiyalik şaxsini ma'lum qilgandi.
Bolgariya prokuraturasi öşanda uç nafar rossiyalikka Bolgariya fuqarolariga suiqasd qiliş böyiça sirtdan ayblov e'lon yilgan. Unga köra, 2015 yilda Sofiyada bolgariyaliklarni noma'lum modda bilan zaharlaşga urinişgan. Bolgariyadagi naşrlar bu «Noviçok» sinfidagi modda bölişi mumkinligi haqida yozişgan.
Çexiya rossiyalik diplomatlarni çiqarib yubormoqda. Boşirov va Petrovga qidiruv e'lon qilindi
Çexiya ortidan Bolgariya
17 aprel kuni Çexiya politsiyasi oğir turdagi jinoyatlarni sodir etişda ayblanayotgan ikki nafar rossiyalikka qidiruv e'lon qildi. Politsiyaning aniqlik kiritişiça, ular Tojikiston fuqarosi Ruslan Tabarov va Moldova fuqarosi Nikolay Popi nomiga berilgan pasportlar, şuningdek, Aleksandr Petrov va Ruslan Boşirov nomiga berilgan rus pasportlari bilan Çexiya hududida harakatlanişgan.
Politsiya ikki şaxsning suratini namoyiş etgan, ular 2018 yilda britan politsiyasi tomonidan Skripallarning zaharlanişida gumonlangan va keyinroq Rossiyadagi RT naşri boş muharriri Margarita Simonyanga intervyu bergan şaxslar edi. Ular öşanda britaniyaliklarning ayblovlarini rad etib, Solsberiga diqqatga sazovor tarixiy obidalarni köriş uçun borişganini aytişgandi.













