Qozog‘istonning birinchi prezidenti, Qozog‘iston xalq assambleyasi raisi Nursultan Nazarboyev assambleyaning umrbod raisligidan voz kechdi. U xalq assambleyasi raisi vakolatlarini mamlakatning amaldagi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga topshirdi.

"Barcha masalalar bitta qo‘lda bo‘lishi lozim. Men Qozog‘iston xalq assambleyasini boshqarish huquqini Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga topshirdim", - dedi Nazarboyev assambleyaning XXIX sessiyasida qilgan chiqishida.

Qozog‘iston xalq assambleyasi 1995 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u davlat rahbari huzuridagi maslahat organi hisoblanadi.

Assambleyaga tashkil etilganidan boshlab Nursulton Nazarboyev rahbarlik qilib kelgan.