Qönğirot tumanida yöqolib ketiş xavfi ostida turgan noyob quş – 2000 boş yörğa tuvaloq yovvoyi tabiatga qöyib yuborildi. Bu haqda Qoraqalpoğiston Respublikasi Ekologiya qömitasining matbuot xizmati ma'lum qildi.

Mazkur tadbir Özbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi hamda «Falcon Hunting Solutions» kompaniyasi tomonidan amalga oşirilgan. Tuvaloq Özbekiston Qizil kitobi va Tabiatni muhofaza qiliş Xalqaro Uyuşmasi Qizil kitobiga kiritilgan.  Quşlar Birlaşgan Arab Amirliklariga qaraşli bölgan «International fund for houbara conservation» markazida köpaytirilgan.

Eslatib ötamiz, yörğa tuvaloqlar 2009 yilda Özbekiston Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan. Ular Qizilqum çöllarida yaşaydi. Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, soni va yaşaş maydoni 1960 yillardan boşlab qisqarişni boşlagan.