Klub rasmiy saytining xabar berishicha, yangi mavsumdan boshlab Avstriyaning «Red Bull Zalsburg» klubi bosh murabbiyi Jyessi Marsh «Leypsig»ni boshqaradi. Klub 47 yoshli mutaxassis bilan 2 yillik shartnoma imzolanganini e'lon qilgan.

Avvalroq, «Bavariya» Nagelsmanni bosh murabbiy sifatida e'lon qilib, 33 yoshli murabbiy yangi mavsumdan ish boshlashi hamda u bilan 2026 yilgacha shartnoma imzolangani haqida xabar bergandi.

Ma'lumot uchun, Myunxen klubi Yulian Nagelsmann uchun «Leypsig»ga 25 million yevro tovon puli to‘laydi.