27 aprel kuni Qonunçilik palatasi yalpi majlisida har doim ham bölavermaydigan qarama-qarşiliklar kuzatildi.
«Davlat tili haqida»gi qonun loyihasini ikkinçi öqişda körib çiqiş jarayonida deputatlar loyihaning 12-moddasi böyiça ikkita katta tarafga bölinişdi.
Natijada loyiha qabul qilinmay, muhokamasi uçinçi öqişga qoldi. Bunda Xalq demokratik partiyasi deputatlarining «xizmati» katta böldi, desak yanglişmagan bölamiz.
Loyihaning 12-moddasida nima deyilgan?
Moddaning «Milliy tiklaniş» DP fraksiyasi tomonidan taklif etilgan tahririda:
- jismoniy va yuridik şaxslarning davlat organlari va davlat muassasalari, ularning mansabdor şaxslariga davlat tilida va boşqa tillarda murojaat qiliş huquqi ta'minlanişi;
- boşqa tillarda murojaat qilingan taqdirda murojaat matnining davlat tiliga tarjimasi ilova qilinişi şartligi;
- jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlariga javoblar davlat tilida bayon qilinişi nazarda tutilgan.
Moddaning Qonunçilik palatasi Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qömitasi tomonidan taklif qilinayotgan tahririda esa:
- Jismoniy va yuridik şaxslarning davlat organlari va davlat muassasalari, ularning mansabdor şaxslariga davlat tilida va boşqa tillarda murojaat qiliş huquqi ta'minlanişi;
- jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlariga javoblar mumkin qadar murojaat etilgan tilda bayon qilinişi nazarda tutilgan.
Körinib turibdiki, 12-moddaning «Milliy tiklaniş» taklif etgan tahririda davlat tilining mavqeyini kötarişga qaratilgan qoidalar belgilangan. Qömita ilgari surgan variantda esa davlat tilini rivojlantiriş emas, uning şu paytgaça bölib kelgan beqadrligini yanada mustahkamlaydigan qoidalar aks etgan.
Aytiş lozimki, agarda moddaning qömita taklif etgan tahriri qabul qilinsa, uşbu modda ortidan iş beruvçilar işga qabul qilişda nomzodlarning xorijiy tilni bilişiga majburiy talab sifatida qarab, uşbu talabga töğri kelmaganlarni işga qabul qilişdan qonunga zid ravişda böyin tovlaş tendensiyasi şakllanişiga olib kelişi mumkin.
Bu esa davlat tilining obröyiga va rivojlanişiga bevosita salbiy ta'sir qiladi.
Bundan taşqari, taklif qilinayotgan «mumkin qadar» degan mujmal jumla amaliyotda turliça talqin qilinadi, vaqti kelsa, taşkilotda xorijiy tilni biladigan xodimlar yöq böla turib, murojaatni xorijiy tilda körib çiqiş va uşbu tilda javob yozişga bölgan ortiqça çiranişlarni va vaqt yöqotişlarni keltirib çiqarişi mumkin.
Şunga qaramay, «Milliy tiklaniş» tomonidan taklif etilgan tahrir ovoz berişda yetarliça qarşilikka uçradi.

Öz örnida, qömita taklif etgan variant ham yetarli qarşiliklarga uçrab, qabul qilinmay qoldi.

Eng e'tiborli jihati, 12-moddaning davlat tilini rivojlantirişga qaratilgan tahririga eng köp qarşi ovoz bergan deputatlar – Xalq demokratik partiyasi a'zolaridan iborat bölib çiqdi: 18ta qarşi va 2ta tarafdor. Aynan şu deputatlar guruhidan 18tasi qömita taklif etgan tahrirni yoqlab ovoz berişgan.
XDPning bu darajada eskiça qoidalarga yopişib olgani sababi noma'lum. Balki, yoşi katta, eski tuzum tarafdori bölgan, öz ona tili qolib, boşqa tilda sözlaşişni va iş yuritişni afzal köruvçi deputatlar köpçilikni taşkil etar, balki «Milliy tiklaniş» partiyasini özlariga raqobatçi sanab şunday yöl tutişgandir, buyoği bizga qoronği.
XDP a'zolarining bu harakatlari ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining noroziligiga sabab böldi. Hatto tarmoq foydalanuvçilari orasida partiyani «Xalq duşmanlari partiyasi» deb ataganlar ham uçradi.
AzonTV loyihasi muallifi Mubaşşir Ahmad öz sahifasida quyidagi fikrlarni bildirdi:
«Unça-munçaga tuşkunlikka tuşmayman. Lekin deputatlarning (deputatlarimiz degani tilim bormadi) keçagi qilğiliği menga juda qattiq zarba böldi. Ikkinçi kun ötyapti, lekin özimga kela olmayapman.
Yoşligimizda (15-18 yoşlar) özbek tiliga davlat tili maqomi berilişiga qilingan fidokorona harakatlarga guvoh bölganmiz. Hali sovet ittifoqi qulamagan kezlarda ziyolilarimiz til masalasini hayot-mamot darajasiga olib çiqişgandi. Millatning, yurtning tirikligini uning tirikligida körişgandi.
Undan keyingi davrlarda dindor qatlamga qöşib, ziyoli qatlam ham qatağon qilingani bejizga emas ekan. Mana, öşa jinoyatlar mevasini endi terib olyapmiz. Hali bu aççiq mevalarni ança vaqtgaça "çaynaş"ga majbur bölsak kerak.
Nima bölganda ham, keçagi qilğilik dinga, vatanga, millatga, tarixga, kelajakka va adolatga qilingan xiyonat böldi. Bu qilğilikning boşqa ta'rifi yöq!»
Bu borada xorij tajribasidan ma'lum bölişiça, dunyoning köplab davlatlarida davlat taşkilotlariga murojaat qilinganda murojaatning va murojaatga javobning davlat tilida bölişi qonunda qat'iy talab sifatida belgilab qöyilgan.
Xususan, Rossiya Federatsiyasining «Davlat tili töğrisida»gi federal qonunining 3-moddasida Rossiya hududida faoliyat yuritadigan har qanday taşkilot, mulkçilik şaklidan qat'i nazar, iş yuritişni davlat tili, ya'ni rus tilida olib borişi lozimligi belgilangan.
Litva Respublikasining «Davlat tili töğrisida»gi qonunining 4-moddasida respublika hududida iş yuritiş heç bir istisnolarsiz faqat davlat (litva) tilida olib borilişi belgilangan. Qonunning 8-moddasida sud protsesslari, 9-moddasida hatto jismoniy va yuridik şaxslar örtasidagi bitimlar ham davlat tilida amalga oşirilişi belgilangan.
Estoniyaning «Davlat tili töğrisida»gi qonunida davlat taşkilotiga boşqa tilda murojaat qilinganda taşkilot murojaatçidan murojaatning davlat (eston) tilidagi tarjimasini topşirişni talab qilişga haqli ekani belgilangan. Bu yerda şunday istisno borki, mamlakatning biror ma'muriy-hududiy birligida yaşovçi etnik ozçilik uşbu hudud aholisining yarmidan köpini taşkil etsagina, uşbu tilda ham murojaat qiliş huquqi beriladi.
Bundan taşqari, Fransiyada 1994 yil 4 avgustda qabul qilingan Tubon qonunida, Ozarboyjonning «Davlat tili töğrisida»gi qonunida davlat va nodavlat taşkilotlarida iş yuritiş tili sifatida ozar tili belgilab qöyilgan.
Yuqoridagi misollardan anglaş mumkinki, davlat taşkilotiga boşqa tilda murojaat qilişda murojaatning davlat tilidagi nusxasi talab qilinişi va unga davlat tilida javob berilişini belgilaş heç qanday qörqinçli holat emas va bu çoralar davlat tilining nufuzini oşirişda xizmat qiladi.
Aytiş lozimki, «Milliy tiklaniş»dan boşqa partiyalar a'zolarining ham deyarli yarmi qarşi ovoz berişgan. Masalaga nisbatan betaraf qolganlar va umuman ovoz bermaganlar ham salmoqli ekani kişini öylantiradi. Davlat tilining keyingi taqdirini va obröyini hal qiliş pallasida xalq nomidan iş qilişi kerak bölgan vakillarning loqaydlikka berilişi qanday ham ayançli holat...
Axir, til millatni birlaştiruvçi yagona vosita emasmi? Biz Angliya deganimizda ingliz tili, Fransiya deganimizda fransuz tili, Rossiya deganimizda rus tili köz oldimizga kelişi bejiz emas. Çunki uşbu davlatlar öz millatining tilini yuqoriga kötariş, öz hududida tilining hurmatini joyiga qöyiş orqaligina xalqaro maydonda obro‘ topiş mumkinligini bundan bir neça asrlar avval anglab yetişgan.
Millat öz tilini qadr toptirsagina özi ham qadr topadi.
Yaqinda Rossiya prezidenti Vladimir Putin rus tilining himoyasi böyiça quyidagi fikrlarni bildirgandi:
«Rossiya maktablarida muhojirlar farzandlarining uluşi şunday bölişi kerakki, ularni rus tili va madaniy muhitiga moslaştiriş imkoniyati mavjud bölsin, qolaversa Yevropa va AQŞda bölayotgani kabi faqat muhojirlarning bolalari öqiydigan butun boşli maktablar paydo bölişi holatlariga yöl qöymaslik lozim».
Putin yaxşi anglaydiki, rus millatining ruhi, portreti hisoblangan rus tilini maktabdanoq himoya qilmasa, borib-borib butun millat yöqlikka uçraydi. Ammo, bizning deputatlar bu haqiqatni anglab yetişganmikan? Boşqa millat vakillari şu davlatda yaşayaptimi, davlat tilini ham minimum darajada bölsa-da bilişi lozimligi adolatdan bölmaydimi?
Har ehtimolga qarşi eslatib ötişni joiz deb bildik. Joriy yilning 25 mart kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining yalpi majlisida siyosiy partiyalarning 2020 yildagi faoliyatini moliyalaştiriş manbalari töğrisidagi hisobotlari tinglangan edi. Jumladan, XDP raisi Uluğbek Inoyatov 2020 yilda partiya hisobraqamlariga 23 milliard 842 million 410 ming söm kelib tuşganini, uşbu mablağlarning 48 foizi partiyaning öz mablağlaridan iboratligini ma'lum qilgandi. Bundan anglaş mumkinki, moliyalaştiriş manbasining qolgan qismini davlat budjetidan jalb qilingan mablağlar, ya'ni xalqning soliqlaridan va boşqa boyliklaridan töplangan mablağlar taşkil qiladi.
Davlat tilining ustun mavqeyini belgilaşga qarşi çiqqan va bu masalaga loqayd bölgan deputatlardan soliq tölovçilardan olinayotgan mablağlar qançalik oqlanayotgani, saylovçilar özlari tölayotgan soliqlaridan uşbu deputatlarning maoş olişiga qançalik rozi bölayotgani haqida atrofliça mulohaza yuritişlarini va şunga munosib harakat qilişlarini sörab qolamiz.
Abbos Salaydinov











