Buxoro viloyati Buxoro tumanida 100 va 50 ming sömlik qalbaki kupyura tayyorlab muomalaga kiritib kelgan jinoiy guruh qölga olingan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Xabarda keltirilişiça, 2021 yil 11 mart kuni Jondor tumani IIBga tumanning Samonçuq mahallasida yaşovçi L.R. ismli fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Ma'lum bölişiça, öşa kuni L.R.ning savdo dökoniga kelgan noma'lum mijoz 12 dona plastik toğora xarid qilib, unga 10 dona 100 000 va 1 dona 50 000 sömlik kupyuradagi, jami 1 050 000 söm pul berib ketgan. Notaniş mijoz ketganidan söng L.R. pullarni közdan keçirib, ularning seriya raqamlari bir xil ekanini bilib qolgan. U pullar qalbakiligiga gumon qilib, IIBga murojaat qilgan.
Şundan söng Jondor tumani IIB tomonidan L.R. taqdim etgan pullar ekspertizadan ötkazilgan. Ekspertizada ular rangli printerdan çiqarilgan oddiy qoğoz ekani aniqlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jondor tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan noma'lum şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoiy iş qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.
Ötkazilgan tezkor suriştiruv harakatlari davomida uşbu jinoyatni Buxoro tumanida yaşovçi R.A., uning jinoiy şeriklari K.U. hamda Romitan tumanida yaşovçi D.N. sodir etgani aniqlangan.

Tadbir davomida ötkazilgan tintuvda jinoyat işi böyiça gumon qilinuvçi R.A.ning yaşaş uyidan 25 dona 50 000 sömlik bir xil seriyali, jami 1 250 000 söm qalbaki kupyuralar topilgan. Şuningdek, yana bir gumonlanuvçi D.N.ning uyidan kompyuter jamlanmasi, «EPSON» rangli printeri, qoğoz kesuvçi uskuna, har biriga 50 000 sömlik kupyura uç nusxadan çop etilgan, 120 dona qirqilmagan oq qoğoz hamda xotirasida bir neçta davlatlar pul birliklari elektron suratlari bölgan 16 gigabaytli fleş karta aşyoviy dalil sifatida hujjatlaştirib olingan. Çop etilgan soxta kupyuralar hisoblab körilganda jami 18 600 000 söm çiqqan.


Ta'kidlanişiça, hozirgi kunda Jondor tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan uşbu jinoiy guruhning xatti-harakatlari yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.











