Qaşqadaryo viloyati hokimiga yana bir örinbosar va viloyat hokimligi yuridik xizmati boş yuriskonsulti tayinlangan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Azamat Avazov Qaşqadaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari böyiça örinbosari – viloyat turizm va sport boş boşqarmasi boşliği etib tayinlangan.
Azamat Avazov 1986 yil Koson tumanida tuğilgan. Toşkent axborot texnologiyalari universiteti va Malayziyaning «Lincoln University» magistraturasini tamomlagan. U yangi lavozimga tayinlangunga qadar viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Şuningdek, Ravşanov Rinat Meyliyeviç viloyat hokimligi yuridik xizmati boş yuriskonsulti lavozimiga tayinlangan. U bungaça «Özbekiston temir yöllari» AJ Qarşi mintaqaviy temir yöl uzeliga qaraşli vagon deposi huquqşunosi vazifasida işlab kelgan.
Eslatib ötamiz, Qaşqadaryo viloyati hokimining birinçi örinbosari ham tayinlangan. Avval Toşkent şahar soliq boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Nodir Erkayev viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari — viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş boş boşqarmasi boşliği etib tayinlangan.
Ma'lumot uçun, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev koronavirus yuqtirgan va ayni damda Toşkent şahrida davolanmoqda.













