Jahon | 16:13 / 30.04.2021
7473
2 daqiqa o‘qiladi

Tergovchilar Vrbetitsadagi portlashlar ishi doirasida Chexiya prezidentining Tojikistonga tashrifi tafsilotlarini o‘rganmoqda – OAV

Tashrif davomida Chexiya davlat rahbari delegatsiyasi tarkibida Imex tijorat kompaniyasi egasi Peter Bernatik-to‘ng‘ich ham bo‘lganligi tergovchilarda alohida qiziqish uyg‘otgan. Uning kompaniyasi Vrbetitsadagi omborlarni qurol-yarog‘lar saqlanishi uchun ijaraga olgan.

Milosh Zeman / Foto: EPA-EFE/TAMAS KOVACS

Tergov Vrbetitsadagi qurol ombori portlashi ishi doirasida Chexiya prezidenti Milosh Zemanning 2014 yil noyabrda Tojikistonga amalga oshirgan tashrifi tafsilotlarini o‘rganmoqda. Bu haqda "Spisok" nashri xabar berdi.

 Tashrif davomida Chexiya davlat rahbari delegatsiyasi tarkibida Imex tijorat kompaniyasi egasi Peter Bernatik-to‘ng‘ich ham bo‘lganligi tergovchilarda alohida qiziqish uyg‘otgan. Uning kompaniyasi Vrbetitsadagi omborlarni qurol-yarog‘lar saqlanishi uchun ijaraga olgan.

 Nashrning yozishicha, Tojikistonda Bernatik-to‘ng‘ich 2014 yilning 23 va 27 noyabr kunlari Tojikiston chegara xizmati generali Rajabali Rahmonali bilan uchrashgan. Tergovchilar ushbu uchrashuvlar Vrbetitsadagi voqealarga bevosita aloqador bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda.

 Ma'lumot berilishicha, Bernatik-to‘ng‘ich 2014 yil sentyabrda – Vrbetitsadagi birinchi portlashdan sal avval general Rahmonalidan elektron pochta orqali ombor hududiga ikki inspektorni kiritish to‘g‘risida maktub olgan. Nashrning yozishicha, bu inspektorlar "Rossiya maxsus xizmati agentlari" bo‘lgan.

 Bernatik-to‘ng‘ich general bilan anchadan buyon tanishligini, Tojikiston bilan esa Chexiyadan qurol eksport qilish borasida ish olib borganini tan olgan. 

 17 aprelda Chexiya bosh vaziri Andrey Babish mamlakat maxsus xizmatlaridan Vrbetitsedagi hodisaga Rossiya bosh razvedka boshqarmasi xodimlari aloqadorligi haqida axborot olganini ma'lum qildi. Bu ayblovlar Chexiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar taranglashishiga olib keldi.

Vrbetitsadagi portlashlar 2014 yil 16 oktyabrda va 3 dekabrda yuz bergan. Portlashlar oqibatida 2ta ombor yo‘q bo‘lgan, 2 kishi halok bo‘lgan.

Bir yarim oydan keyin birinchi ombordan bir kilometr uzoqlikda joylashgan boshqa omborda kuchli portlash sodir bo‘lgan. Bu yerda 100 tonnaga yaqin o‘q-dori saqlangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid