Aprel oyida paxta yoği narxi keskin qimmatlaganiga undan avval kungaboqar yoği narxi oşgani sabab bölgan. Bu haqda Respublika tovar xom-aşyo birjasi AJ Boş makleri Islombek Ibragimov 20 aprel kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
«Paxta yoği narxining oşişi albatta çigit narxi va hajmiga boğliq, çunki paxta yoğining asosiy xomaşyosi paxta çigiti hisoblanadi. Bugungi kunda çigit klaster va korporatsiyalar tomonidan birjaga qöyiladi. Çet elda kungaboqar yoği narxi oşgani sababli paxta yoğiga bölgan talab ham oşdi. Paxta yoği narxi past edi, biroq kungaboqar iste'mol qiladigan iste'molçilar paxta yoği iste'mol qilişni boşlaşi bilan uning narxi ham qimmatladi.
Talab ortgandan keyin işlab çiqariş ham köpaygan, xomaşyo yetarli darajada bölmagani uçun çigitga mos tarzda paxta yoği narxi ham oşdi»,- dedi u.
Şuningdek, u nima sababdan kungaboqar yoği oçiq savdoga çiqarilmayotganiga ham izoh berdi.
«Özimizda importdan kelgan xomaşyo hisobiga xususiy korxonalar tomonidan kam miqdorda kungaboqar yoği işlab çiqariladi. Umuman sotilmaydi desangiz ham notöğri böladi, kam miqdorda kungaboqar yoği oçiq savdoga çiqariladi. Xususiy korxonalar qanaqa sotiş tartibini ma'qul körsa, şu orqali sotadi. Bugungi kunda köpçilik xususiy işlab çiqaruvçilar mahsulotini töğridan töğri bozorga olib çiqib sotmoqda. Biroq ayni paytda birja ösimlik yoğining birja savdolariga qöyilişi böyiça xorijiy işlab çiqaruvçilarni jalb qiliş işlarini olib bormoqda», - dedi u.
Avvalroq, moliyaçi Otabek Bakirov davlat xaridlari sifatida sotib olişga taqiq qöyilgan import tovarlar röyxatidan ösimlik yoği çiqarilmasa, narx oşişi töxtamasligini ta'kidlagan edi. Şuningdek, u bunday şaroitda bir neça tezkor çoralar körişga çaqirgan edi.
Şuningdek, Kun.uz Özbekistonda birinçi çorakda kungaboqar yoği, aprel oyida esa paxta yoği keskin oşgani borasida tahliliy maqolalar e'lon qilgandi.















