Danğara tumanining Eski Şildir qişloğidagi ayançli ahvolga kelib qolgan qabristonni xalq ta'mirlayapti. Davlat tomonidan boşlangan ta'mirlaş işlari çala qolib ketgani aytilmoqda.
Ijodiy jamoamiz bilan Danğara tumani Eski Şildir qişloğiga fuqarolarning murojaatini örgangani bordik. Murojaatçilar bilan uçraşib, ortga qaytar çoğimiz murojaatçilardan biri «Uka, yöq demasangiz, sizni bir yerga olib bormoqçimiz. Biroz vaqt ajrata olasizmi?» deb qoldi.
Suhbatdoşimizdan qayerga olib borişi haqida söradik. Ularning aytişiça, qişloqda mahalla ahli saxovatli hamqişloqlarining homiyligi yordamida, haşar yöli bilan qabriston qurayotgan ekan. «Şu işlarni ham bir körib keting», deya yöl boşladi hamrohimiz.
Qişloqning katta yöl böyida qabriston bor bölib, uning içida quriliş-ta'mirlaş işlari ketayotgan ekan.
«Qabristonda ötgan yili ta'mirlaş işlari boşlangan bölib, uşbu işlar çala qolib ketgan edi. Davlat tomonidan qabristonning atrofi yangitdan öralib, asosiy darvozasi oldiga yer ayvon va bitta kiçkina xonaça qurildi. Körib turganingizdek, atrofni öraş ham çala qoldirib ketildi», — deydi bizga hamrohlik qilayotgan fuqaro Iqror Yusupov.
Qişloq aholisi qabristonni ta'mirlaş va obodonlaştiriş borasida amaliy yordam sörab öz sektor rahbarlari — tuman prokuroriga bir neça marotaba murojaat qilgan, taklif kiritgan.

«Prokuror sektoriga qaraymiz. Hamqişloqlar köp bora aytdik qabristonni obodonlaştiriş, ta'mirlaş işlarida yordam bering deb. Biror bir natija bölmadi. Yaqinlari şu yerga dafn etilgan odamlar ziyoratga kelsa, qulay bölgan joyning özi yöq. Eski joyning ahvoli mana bu», — deya yöl körsatdi.

Guvohi bölganimiz tökilib tuşişiga oz qolgan eski bino va undagi ayançli manzaralar böldi.

«Ziyoratga kelganlar şu şaroitda ötirişga majbur. Şuning uçun ham odamlar, hamqişloqlar bir bölib homiylar kömagida yangi joy qurdiryapmiz. Usti berk ayvon va xonalardan iborat yangi joyda odamlar uçun qulayliklar yaratiladi. Işlarimiz endi yarmiga yetib keldi. Boşlagan işimizni zora Danğara tumani prokurori — sektorimiz rahbari, hokim buva körib oz-moz yordam bersa. Ajab emas, şuning uçun sizni bu yerga boşlab keldik. Yoritib bersangiz degan maqsadda», — deydi suhbatdoşimiz.
























