Ayollar nega öz joniga qasd qilişmoqda? Ayolning köziga dunyoni tor qilayotgan sabab nima? Juda köpçilik buni oilaviy muhit, uning turmuş örtoği bilan boğlaşi aniq. Ammo sabab faqat bunda emas.
Ayolning hayotda öz örnini, öz yölini topişi, uni qasdga undayotgan johil muhitni özgartira olişi uçun özida kuç topa olişi haqida ham öylaş vaqti kelmadimikan?
Kun.uz uşbu dolzarb mavzuda olima Odinaxon Muhammad Sodiq va psixolog Rozaliya Gabdulhakova bilan suhbatlaşdi.
Öz joniga qasd qiliş – katta gunoh
«Bu oğriqli masalada gapiriş oson emas. Avvalo, jon Allohniki, insonga omonat qilib topşirilgan, unga qasd qiliş – Allohning işiga aralaşiş, katta gunoh. Özini öldiruvçilarga oxiratda qattiq jazo, uqubat bor. Hadisi şarifda joniga qasd qilgan inson qay tarzda şu işni amalga oşirgan bölsa, jahannamda xuddi şu tariqa azoblanişi ta'kidlangan.
Johiliyat paytida oilada qiz tuğilsa, or qilib öldirib yuboriş odati bor edi. Bu iş payğambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallamning aralaşuvlari bilan töxtatilgan edi. Hozirda ayollar özlari bilan birgalikda bolalarini ham öldirmoqçi bölişlari johiliyat paytidan ham ötib tuşyapti», – deydi Odinaxon Muhammad Sodiq.

Olimaning ta'kidlaşiça, musulmon ayol böla turib, bu işga qöl uriş insonda e'tiqod mustahkam emasligidan dalolatdir.
Demak, ayollarimizning e'tiqod jihatidan bilimlarini oşiriş, ularga jon omonatligini, sabr bilan yaxşilik yarata olişni örgatiş lozim. Har qanday holatda ham özini öldirmasdan boşqalardan yordam söraş, imkon topiş uçun harakat qiliş kerak.
Suitsiddan maqsad – öliş emas, qasd oliş yoki qörqitiş
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotiga köra, birgina 2016 yilning özida 793 ming nafar odam öz joniga qasd qiliş oqibatida vafot etgan. E'tiborlisi, özini öldirmoqçi bölganlar orasida ayollar, suitsid oqibatida ölganlar orasida esa erkaklar köproq.
Psixolog Rozaliya Gabdulhakovaning aytişiça, buning psixologik sabablari bor.












