Bir sutkada qariyb 402 ming holat

30 aprel kuni Hindistonda koronavirus yuqtiriş holatlari böyiça jahon rekordi yangilandi. Mamlakat soğliqni saqlaş vazirligining ma'lumot berişiça, ötgan sutkada 401 993 kişida kasallik aniqlangan. Bir sutka davomida 3523 nafar bemor vafot etgan.

Mamlakat 22 aprel kuni sutkalik kasallaniş holatlari böyiça jahon rekordini örnatgandi – 314,8 ming holat. Söngra bu raqam bir neça marta yangilandi: 23 aprelda 332,7 ming, 24 aprelda 346,7 ming, 25 aprelda 349,6 ming, 26 aprelda 352,9 ming, 29 aprelda 379,2 ming va 30 aprelda 386,4 ming.

Hindiston koronavirus yuqtiriş holatlari soni böyiça dunyoda ikkinçi örinda turibdi. Mamlakatda 19,1 million holat qayd etilgan, 15,6 milliondan ortiq kişi soğaygan, 211 ming bemor vafot etgan.

«Sizlar bilan koronavirus sabrimizni va oğriqqa çidaşimizni sinab turgan vaqtda gaplaşmoqdaman. Biz infeksiyaning birinçi tölqiniga qarşi muvaffaqiyatli kuraşdan ruhlangandik, ammo bu böron millatimizni larzaga soldi», – dedi boş vazir Narendra Modi.

Inqirozga sabab hukumatning loqaydligi(mi?)

Reuters agentligi öz manbalariga tayanib yozişiça, Hindiston hukumati mamlakatda aniqlangan koronavirusning yangi ştammi öta yuqumli ekani töğrisida avvaldan ogohlantirilgan, ammo epidemiyani töxtatiş uçun heç qanday çora körmagan.

Ogohlantirişga qaramasdan, millionlab odamlar diniy bayramlar va boş vazir Narendra Modi hamda siyosiy partiyalar yetakçilari ötkazgan mitinglarda niqob taqmasdan qatnaşgan.

Qayd etilişiça, ikki oy avval Hindiston genetika konsorsiumi (INSACOG) koronavirusning yangi turi töğrisidagi ogohlantirişnomani bevosita boş vazirga böysunadigan mansabdorga taqdim etgan.

Foto: Reuters

Hayot töğrisidagi fanlar instituti direktori va INSACOG a'zosi Ajay Paridaning sözlariga köra, tadqiqotçilar koronavirusning hindça ştamm deb nomlanayotgan B. 1.617 variantini fevralda aniqlagan.