— Yaqinda bölib ötgan Tojikiston va Qirğiziston örtasidagi çegara mojarosiga qanday izoh berasiz? Uşbu hodisalarning kelib çiqiş sabablari nimalardan iborat va ular qanday oqibatlarga olib kelişi mumkin?
— Tojik-qirğiz çegarasidagi navbatdagi ziddiyat oqibatida biz uçun qardoş ikki xalq vakillarining qurbon bölişiga olib kelgani – fojia bölib, çuqur hamdardlik hissini yuzaga keltirmoqda.
Ayni vaqtda mojaro sabablari va aybdorlarini qidiriş mavridi emas. Bu mavjud ziddiyatni yanada kuçaytiradi. Endilikdagi vazifa – mojaro avj olişiga yöl qöymaslik, odamlarni tinçlantiriş, qançalik qiyin bölmasin muloqotga kirişib, turli provokatsiyalarga uçmasdan va barça sa'y-harakatlarni ziddiyatni tinç yöl bilan hal qiliş uçun yönaltiriş lozim.
Çunki muammoning asl sabablari barçaga ma'lum. Bular – davlat çegaralarining delimitatsiya va demarkatsiya qilinmagani, mintaqada suv resurslarini taqsimlaşning samarali mexanizmlari mavjud emasligi va transçegaraviy daryolardagi gidrotexnika inşootlarining özaro manfaatli şartlar asosida faoliyat körsatmasligi.
Uşbu muammolar Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqillikka erişgandan söng yanada dolzarb ahamiyat kasb eta boşladi. Buning sababi ötgan asr boşlarida davlat çegaralari mintaqaning geografik xususiyatlarini hisobga olmagan holda belgilangani va bir neça davlatlarni suv bilan ta'minlaydigan gidrotexnika inşootlarining bahsli hududlarda joylaşganidir.
Natijada mintaqada önlab kilometr çegara hududlari mintaqalararo hamkorlikni rivojlantiriş uçun nafaqat tösiq, şu bilan birga, çegara mojarolarining sabablaridan biri bölmoqda.
Bu muammo ayniqsa Farğona vodiysi uçun juda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Çunki uşbu hududda yer va suvdan foydalaniş masalasi aholining turmuş şaroitida juda muhim rol öynaydi. Özingiz baho bering, Farğona vodiysi Markaziy Osiyodagi aholi eng ziç joylaşgan hududidir. Bu yerda Özbekiston, Tojikiston va Qirğizistonning 15 million fuqarosi yoki uşbu uç mamlakatning deyarli 30 foiz aholisi istiqomat qiladi.
Aholi ziçligi 1 kvadrat kilometrga 360 kişini taşkil qiladi. Bu Özbekiston va Tojikistonga nisbatan 6 barobar, Qirğizistonga – 12 barobar, Qozoğistonga – 56 barobarga köp demakdir.
Şu bilan birga, Farğona vodiysida istiqomat qiluvçi xalqlar mavjud qiyinçiliklarga qaramasdan asrlar davomida tinç va totuvlikda yaşab, tabiiy boyliklardan umumiy manfaat uçun birgalikda foydalanib kelişgan va kelajakda ham şunday bölib qolişiga işonçim komil.
Xususan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uçraşuvlari davomida Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev davlat çegaralarini delimitatsiya qiliş borasidagi masalalarni hal etiş böyiça izçil yölga qöyilgan va birgalikda çuqur öylab amalga oşirilayotgan işlarni davom ettiriş zarurligini ta'kidlab kelgan. Buning uçun, albatta, qat'iy siyosiy iroda, özaro manfaatlarni hisobga oliş va murosaga tayyor böliş kerak.
Faqat şu yöl bilangina biz Markaziy Osiyoni tinçlik va özaro manfaatli hamkorlik makoniga, çegaralarimizni esa döstlik va yaxşi qöşniçilik köprigiga aylantira olamiz.
— Fikringizça, Tojikiston va Qirğiziston çegarasidagi ziddiyatlarni hal qiliş imkoniyati mavjudmi? Uşbu jarayonda qöşni davlatlar qanday örin tutadi?
— Albatta, bunday imkoniyat mavjud va bugungi kunga kelib qurolli töqnaşuvlarga barham berildi. Tomonlar mavjud ziddiyatni diplomatik yöl bilan hal qiliş maqsadida tezkor çoralarni körişdi. Vaziyat keskinlaşuvining dastlabki paytda ikki mamlakat rahbariyati bevosita muloqotni yölga qöydi va mojaro yanada keskinlaşuviga yöl qöymaslik muhimligini qat'iy ta'kidlab ötişdi.
Şubhasiz, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining mintaqada sodir bölayotgan voqea-hodisalarga ma'suliyatli yondaşganliklari ham mojaroni tinç yöl bilan hal qilişga katta hissa qöşdi. Xususan, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev qisqa muddat içida qöşni davlat rahbarlari bilan ikki marta telefon orqali muloqot qildi va ularni mavjud ziddiyatni faqat döstona ruhda va yaxşi qöşniçilikga asoslangan muloqot orqali hal qilişga çaqirdi. Şu bilan birga, Özbekiston tomoni yuzaga kelgan vaziyatni yeçişda har taraflama yordam berişga tayyorligi aytib ötildi.
Qozoğiston Respublikasi prezidenti Qosim-Jömart Töqayev ham nizolaşayotgan tomonlarga barça bahsli masalalar faqat muzokaralar yöli bilan hal qilinişi lozimligini ta'kidladi. Qozoğiston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvi formati doirasida çegara bilan boğliq muammolarni hal qiliş mexanizmini işlab çiqiş lozimligini alohida qayd etib ötdi.
Bugungi kunda Qirğiziston va Tojikiston prezidentlari doimiy ravişda muloqotda bölib, çegaradagi vaziyat barqarorlaşuvini şaxsiy nazoratlariga olişdi.
Endilikda Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari sa'y-harakatlari natijasida mintaqada barqarorlik ta'minlanişi, barça bahsli masalalarni tinç yöl, oçiq va işonçli muloqot orqali mustaqil ravişda hal etilişi mumkinligiga işonç hosil qilindi.
Şuni tan oliş kerakki, şu kunlarda biz, Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari mintaqaning xavfsizligi va barqaror rivojlanişiga tahdid soladigan umumiy muammolarni hal qilişda yagona va mas'uliyat bilan yondaşayotganliklariga guvoh böldik. Bu, avvalambor, Markaziy Osiyoda şakllangan mutlaqo yangi, özaro işonç va yaxşi qöşniçilik muhitining natijasidir.
2018 yilda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan boşlangan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam maslahatlaşuv uçraşuvlari, mamlakatlarimiz örtasidagi siyosiy işonçni yuqori darajaga çiqişiga, döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlari mustahkamlanişiga sezilarli hissa qöşdi, desak mubolağa bölmaydi.
— Özbekiston tomonidan qöşni davlatlar bilan ziddiyatlar yuzaga kelmasligi uçun qanday çoralar körilmoqda? Davlat çegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş masalalari qanday holatda?
— Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev davlat rahbari lavozimidagi ilk kunlardanoq mamlakatimiz va umuman mintaqamiz xavfsizligi va barqaror rivojlanişida mavjud muammolarni hal qiliş muhimligini anglagan holda uşbu masalalarni yeçişda qöşni davlatlar bilan özaro hurmat va manfaatlarni hisobga olib, kuçli siyosiy irodani namoyon etdi. Tarixiy qisqa vaqt içida çegaralar va mintaqaning suv-energetika resurslaridan foydalaniş kabi nozik masalalarni hal qilişda misli körilmagan ijobiy natijalarga erişildi.
2017 yilning özida tarixiy hujjat – «Özbekiston, Qozoğiston va Turkmaniston örtasida uç mamlakat Davlat çegaralarining tutaş nuqtasi hududi töğrisida»gi şartnoma imzolandi va bu mamlakatlarning davlat çegaralarini huquqiy tartibga soliş jarayonga yakun yasadi. Tojikiston bilan ilgari delimitatsiya qilinmagan çegaralarning 99 foizi böyiça kelişuvga erişildi. Mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaşda navbatdagi jiddiy qadam bu Qirğiziston prezidenti Sadir Japarovning joriy yilning mart oyida Özbekistonga davlat taşrifi doirasida ikkitomonlama kelişuvlar böldi. Unga köra, tomonlar qisqa fursat içida davlat çegaralarini huquqiy tomondan belgilab olişga kelişişdi.
Suv resurslaridan foydalaniş sohasida mintaqaviy hamkorlikni çuqurlaştiriş böyiça bir qator çora-tadbirlar körilmoqda. Mazkur sohada barça munosabatlarni tartibga soliş böyiça takliflarni işlab çiqiş maqsadida Özbekiston, Qozoğiston va Tojikiston örtasida işçi guruh tuzildi. Şu bilan bir qatorda, suv va energetika sohasi masalalari böyiça konstruktiv yeçimga erişiş uçun Qirğiziston bilan ikki tomonlama qöşma suv xöjaligi komissiyasini tuziş töğrisida idoralararo bitimni imzolaşga tayyorlanmoqda. Turkmaniston bilan özaro hamkorlik «Amudaryo» havzasi suv xöjaligi birlaşmasi iştirokidagi uç tomonlama işçi guruh doirasida samarali rivojlanmoqda.
Şu kunlarda bölib ötgan voqealar, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uçraşuvlarida bildirilgan taşabbuslari nihoyatda dolzarb ekanligini yana bir marta körsatib ötmoqda.
Xususan, mintaqada, birinçi navbatda, çegara hududlarida favqulodda vaziyatlar, texnogen, tabiiy va ekologik ofatlar bilan boğliq tahdidlarning oldini oliş va ularga qarşi öz vaqtida kuraşiş maqsadida huquqni muhofaza qiliş idoralari va maxsus xizmatlar yönalişida amaliy hamkorlikni va öz vaqtida axborot almaşiş mexanizmlarini yaratiş işlarini kuçaytiriş zarur.
Suv resurslaridan birgalikda foydalaniş va davlat çegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş masalalarini hal etiş sohasida ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni kuçaytirişga e'tibor qaratiş muhim.
Kelajakka nazar solinsa, şu narsa yaqqol ayon böladiki, bularning barçasi nafaqat bahsli masalalar yeçimi, balki mintaqaning kun tartibidan ziddiyat keltirib çiqarişi mumkin bölgan muammolarni töla-tökis hal qilişga va öz-özidan Markaziy Osiyoda siyosiy işonç darajasini oşirişga xizmat qiladi.
Faqatgina uşbu murakkab muammolarni birgalikda hal qiliş orqali biz mintaqaning uzoq muddatli xavfsizligi, barqaror rivojlanişiga, mamlakatlarimiz örtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytiriş va umumiy farovonligimiz uçun mustahkam poydevor yaratamiz.













