2021 yilning 3 may kuni “ACWA Power”, Özbekiston Energetika vazirligi hamda Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi örtasida şamol energetikasi loyihasini amalga oşiriş töğrisida bitim imzolandi.

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, mazkur loyiha Qoraqalpoğistonda 1500 MVt quvvatga ega şamol energetikasini loyihalaştiriş, quriş va ekspluatatsiya qilişdan iborat bölib, u foydalanişga topşirilgandan söng Markaziy Osiyo mintaqasi va dunyodagi eng yirik şamol elektr stansiyasiga aylanadi.

“Uşbu loyiha mamlakatingiz uçun yana bir muhim yutuq hisoblanib, “ACWA Power” kompaniyasining ulkan qayta tiklanadigan energiya manbalari va barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş uçun Özbekistonda rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyoti şaroitida, mamlakat bilan hamkorlikda işlaşga sodiqligini kuçaytiradi”, dedi Saudiya Arabistoni kompaniyasi raisi Muhammad Abunayyan.

“Energiya işlab çiqaruvçi sifatida biz Özbekistonda kam uglerodli iqtisodiyotga ötişda Yaqin Şarq va ayniqsa, Saudiya Arabistoni kabi hamkorlarimizdan köp narsalarni örganmoqdamiz. “ACWA Power” loyihasi uşbu jarayonga katta hissa qöşadi. Bizning rejamiz 2030 yilga borib elektr energiyamizning 25 foizini qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan işlab çiqarişdir”, dedi energetika vaziri örinbosari Şerzod Xöjayev.

Loyiha taxminan 4 million xonadonning elektr energiyasiga bölgan ehtiyojini qondirişi va yiliga taxminan 2,5 million tonna karbonat angidrid gazini qoplaşi kutilmoqda. Bu hukumatning ösib borayotgan ehtiyojni qondiriş uçun ön yil içida qayta tiklanadigan energiya manbalarini işlab çiqarişni sezilarli darajada oşiriş maqsadlariga hissa qöşişi aytilgan.