Andijonda aviakassaga o‘g‘rilikka tushgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti
Andijon shahri Bobur shohko‘chasida joylashgan aviakassa binosiga deraza orqali kirgan shaxs 92 million so‘mdan ortiq pulni o‘g‘irlagan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Joriy yil 2 may kuni soat 02:30 larda noma'lum shaxs Andijon shahri Bobur shohko‘chasida joylashgan aviakassa binosiga deraza orqali kirib, binodagi temir seyf ichidan jamiyatga tegishli 92 221 000 so‘m pullarni o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.
Ushbu jinoyatni avtomashina ustasi 25 yoshli X.O. sodir etgani aniqlanib, undan 36 600 000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «v» bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov harakatlari davomida X.O. o‘z ko‘rsatuvida gallyutsinatsiyaga olib keluvchi tabletkalar ta'siri ostida ushbu jinoyatni sodir qilganini ma'lum qilgan.
Hozirda X.O.ning qon namunalari olinib, tegishli ekspertizalar tayinlangan.
Avvalroq, Asaka tumanida bank xodimlari 158 nafar fuqaroning pensiya va nafaqa pullarini talon-toroj qilgani aniqlangan edi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy sudi yuzlab tirik timsohlarni onlayn auksionga qo‘ydi
Jahon | 19:28
-
Tramp Rossiyadan Ukrainani bombalashni to‘xtatishni talab qilmoqda
Jahon | 19:11
-
Yandex Uzbekistan yangi Market marketpleysini ishga tushirdi
Jamiyat | 19:00
-
Saida Mirziyoyeva Rossiya Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 18:50
Mavzuga oid

13:49 / 26.11.2021
Yo‘llarimiz qachon epaqaga keladi?

15:34 / 26.04.2021
Andijonda Muhammad Yusuf tavallud topgan kun keng nishonlanmoqda

12:24 / 18.01.2021
Toshkentda aviakassa rahbari ushlandi. U firibgarlikda gumonlanmoqda

12:24 / 24.10.2018