Şaharlararo transportni şahar transport tizimi bilan integratsiyalaştirgan holda Toşkent transport uzelida transport harakatini yaxşilaş maqsadida «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan yaqin kelajakda yangi harakat tarkib (elektriçka)larni sotib oliş va şaharlararo transportida yölovçilar sonini köpaytiriş rejalaştirilgan.
“Özbekiston temir yöllari” axborot-tahliliy media markazi ma'lumotiga köra, hozirgi kunda Xitoy, Janubiy Koreya, Belarus va Rossiyada işlab çiqarilgan bu turdagi harakat tarkiblarning texnik xususiyatlari va narx siyosati batafsil örganib çiqilmoqda.
“Toşkentdan Böstonliq tumanida joylaşgan Xöjakentgaça mavjud yönalişdagi elektropoyezdlar qatnoviga bölgan talab yil sayin ortib bormoqda. Buning sababi Böstonliq tumanida dam oliş manzillari joylaşgani, dam oliş maskanlari va sanatoriylarning mavjudligi bilan boğliq. Bugungi kunda uşbu yönalişda kunlik yölovçilar taşiş hajmi qariyb 2000 kişini taşkil qiladi. Har haftaning dam oliş kunlari uşbu yönalişdagi elektropoyezdlarning qatnaşi qulayligini yölovçilarning özi ta'kidlamoqda”, deyiladi ma'lumotda.
“Özbekiston temir yöllari” mazkur yönaliş uçun yana 4ta yangi tezyurar elektropoyezdlar işga tuşirişni rejalaştirmoqda. Bu Toşkentdan Xöjakentgaça harakatlaniş vaqtini 2 soat-u 15 daqiqadan bir soatgaça qisqartirişga, avtomobil yöllaridagi tirbandlikni kamaytirişga, kunlik yölovçilar taşiş hajmini 2000 nafardan 12 000 nafargaça oşirişga va temir yöl şaharlararo transport tizimining rivojlanişiga olib boradi.
Uşbu harakatni taşkil etiş uçun hozirgi vaqtda Toşkent – Xöjakent yönalişidagi temir yöl uçastkalari ham modernizatsiya qilinmoqda, kapital ta'mirlanmoqda. Mavjud harakat tarkib (elekriçka)lar ham modernizatsiya qilinyapti. Hozirda Toşkent va Bekobod örtasida harakatlanayotgan elektropoyezdda yumşoq örindiqlar örnatilgan, yuk saqlaş joylari kengaytirilgan.

















