Samarqand viloyati Urgut tumanida 100 yoşga yaqinlaşayotgan uruş faxriysiga tuğilganlik guvohnomasi topşirilgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Urgut tumani Ispanza qişloğida yaşovçi 98 yoşli uruş faxriysi Böron bobo Gadoyevda şu paytgaça tuğilganlik haqidagi guvohnoma bölmagan. 9 may — Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan uni tabriklaş uçun xonadoniga borgan Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boşqarmasi, Urgut tuman Davlat xizmatlari markazi hamda 1-son FHDYo bölimi xodimlari otaxonga tuğilganlik haqidagi guvohnomani rasmiylaştirib berişgan.

Böron bobo Gadoyev 1942 yilda frontga safarbar etilgan. 2-Belarus fronti 91-brigadasida injyener-sapyor bölgan. 6 oy komandirlar tayyorlaş guruhida öqigaç frontga jönatilgan. U kişi öşa yillarni şunday eslaydi:

– Uruşga 17 nafar yoş, zabardast urgutlik döstlarim bilan birga ketganmiz. Şundan 4 nafarimizga uyga qaytiş nasib qildi. Uç yil uruşning qaynoq öçoqlarida böldim. Ikki joyimdan öq yeganman. Ğalabadan keyin yana ikki yil harbiy xizmatda qoldim. 1947 yilda vatanga qaytib, salkam ellik yil maktabda öqituvçilik qildim, – deydi Böron bobo.

Ma'lumot uçun, Ikkinçi jahon uruşida Urgutdan 13 ming kişi qatnaşgan. Ulardan 6 ming nafari qaytib kelgan. Hozirgi paytda tumanda uruş faxriylaridan faqat Böron bobo Gadoyev hayot.