1920 yil Jizzaxning Ğallaorol tumanida tuğilgan Fayzulla Nurmatovning 5 farzandi, 24 nevarasi va 33 nafar çevarasi bor. Hozir Toşkent viloyatining Oqqörğon tumanida yaşaydi. 1940 yilda Fayzulla bobo, akasi va qarindoşlari – 20 kişiga yaqin yoş yigitlar armiya xizmatini ötaş uçun Belarusga ketişadi. Şu yerda 1 yilça tayyorlanib, keyin uruşga kirişadi.

“Belarusda Komsomolskaya degan joy bor edi. Öşa yerda örmonning içida "zemlyanka"(yertöla uy)da yotib tayyorlandik. 1941 yil soat 4 da uruş boşlanadi. Nemislar bostirib keldi. Sanoğini bilmayman, bir neça nemisni öldirdik”, – deb xotirlaydi u.

Uruşda yelkasidan va qölidan öq yeydi. Feldşerlar yordami bilan tuzalib, keyin vataniga qaytadi. U bilan ketganlarning faqat 5 yo 6 nafari qaytgan xolos.

“Qança odam ölib qançasi qoladi, uni heç kim bilolmaydi. Jöralarimning bari ölib ketişdi. 20-30 bola uruşga ketganmiz. Şundan 5-6 kişi qaytib keldik. Özimning akam ham ketdi. Jiyanim ketdi. Oilamdan 6-7 odam ketgan. Körgan voqealarimdan aytsam, nemislar qanday ekan deb öylardik, qarasak, nemis ham odam ekan”, – deydi u.

Onasi Fayzullani juda qattiq kutgan. Uruş tugab, bolasi qaytganini körgaç, xursandçilikni kötarolmay, 3 kundan keyin vafot etgan. Oila uruşdan keyin oğir oçarçilikni boşidan ötkazgan. Fayzulla boboning hikoya qilişiça, non yöqligidan otasi Toşkentdan Jizzaxga novvoylardan xamir olib borib, bolalariga yedirgan.

“Yigitlik davrimizda ham nonga töymasdan ötdik. Davlat noçor. Buğdoy yeganmiz, buğdoyni oqpoya der edi. Odamlar non topsa, bolasidan yaşirib yerdi. Hozir non köp, heç kim yemaydi. Bunaqa zamon böladi deb öylamaganmiz. Yildan yilga yaxşi bölyapti. Ilgari bitta non bölsa, bolasidan yaxşirib yerdi. Hozir hamma joy tökinçilik. Yoğsiz ovqat yeyilmaydi. Göşt, yoğ qimmat deydi. Qayerda qimmat? Faqat şunga qanoat qiliş kerak. Yaxşi işlaş kerak, toza yuriş kerak”, – deydi u.

Oila 50-yillardagi oçarçilik sabab Jizzaxdan Toşkentga köçib kelgan. Ular bilan qöşilib 20taça xöjalik birga kelişgan. Yovvoyi tabiati bölgan yerlarni birgalaşib özlaştirib, bir neça yillar davomida obod qilişgan.

“