Qayd etilişiça, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi huzuridagi Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi tomonidan joriy yil yanvar-sentabr oylari davomida savdo va umumiy ovqatlaniş sohasiga taalluqli masalalar böyiça iste'molçilarning 4637 ta murojaatlari körib çiqilib, ularga qaytarilgan mablağlar va yangisiga almaştirilgan tovar moddiy boyliklari (transport vositalari, maişiy texnika vositalari va boşqalar) qiymati 4,4 mlrd sömni taşkil etgan.

Şundan, avtotransport vositalari va ularning butlovçi qismlariga taalluqli 250 ta murojaat kelib tuşgan bölib, umumiy qiymati qariyb 1,5 milliard söm bölgan 14 ta avtotransportni qaytariş yoki almaştirişda yordam körsatilgan (şu jumladan «UzAuto» AJ tomonidan işlab çiqarilgan Damas, Nexia-3, Cobalt, Lacetti va Malibu-2 rusumli jami 12 ta avtotransport vositalari).

“Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda bölayotgan keng muhokamalar hamda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati R.Kuşerbayevning sörov xatiga asosan, UzAuto Motors AJ tomonidan iste'molçilarga Chevrolet Cobalt rusumli 4-pozitsiya avtomobillarini modulsiz yetkazib beriş taklifi “Iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan agentlik tomonidan örganiş işlari olib borilmoqda. Örganiş natijalari haqidagi ma'lumot agentlik rasmiy sahifalari orqali batafsil yoritiladi”, deyiladi ma'lumotda.

Avvalroq, UzAuto Motors 4-pozitsiya Chevrolet Cobalt avtomobillarini örindiqni isitiş modulisiz taklif etayotgani, bunga sabab mikroçiplarning global tanqisligi ekani, tölovni amalga oşirgan mijozlarga 1 mln söm qaytarib berilişi xabar qilingandi.