Sanoat zonalarini kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta'minlash uchun 150 mln dollar qarz olinadi

Prezidentning “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- 2021-2022 yillarda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga turtki beradigan loyihalar hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta'minlash tadbirlari parametrlari;
- 2021 yilda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta'minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar manzilli ro‘yxatlari.
Shuningdek, MIZ va KSZ hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalari tashqi infratuzilmasini qurish va ta'mirlash buyurtmachilari belgilandi.
Moliya vazirligi markaziy apparatida uning boshqaruv xodimlari cheklangan soni doirasida maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda yirik xorijiy va mahalliy investitsiya loyihalari infratuzilmasini moliyalashtirish bo‘limi tashkil etiladi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Moliya vazirligi bilan birgalikda 1 sentyabrga qadar 2022 yilda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta'minlash uchun 150 mln AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘lar xalqaro moliya institutlari hisobidan jalb etilishini ta'minlash topshirildi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Polsha Janubiy Koreyadan 180 ta tank sotib oladi
Jahon | 19:21
-
Shavkat Mirziyoyevning Ozarboyjonga tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 19:18
-
IShID va ash-Shar’aning maqsadlari ayro, Suriyadagi o‘zbeklar-chi?
Jahon | 19:10
-
8–10 avgust kunlari Xiva shahrida an’anaviy “Qovun sayli” bo‘lib o‘tadi
Jamiyat | 19:00
Mavzuga oid

13:40 / 16.04.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda

13:06 / 24.03.2025
Malayziya korporatsiyasi O‘zbekistonda maxsus sanoat zonasini tashkil qiladi

16:39 / 06.03.2025
Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatish muddatiga oid cheklovlar bekor qilinadi

07:27 / 23.09.2023