Köl qişloğiga borar ekanmiz unga eltadigan yöl oldingi manzil – Ğyelonga olib boradigan yöldan xavfliroq ekanini kördik. Qişloqqa yetgunça bir neça ön kilometr yölning bir tarafi daryo oqib turgan çuqur dara, ikkinçi tarafi esa istalgan vaqtda uzilib tuşib yölni yopib qöyişi mumkin bölgan toğ qoyalaridan iborat.

Köl qişloğining maşhurligi şundaki, u Özbekistonning eng baland nuqtasi – Hazrati Sulton çöqqisi ostonasida joylaşgan. Yaqin-yaqingaça yopiq bölgan va oxirgi yillarda yana sayohatçilar uçun oçilgan bu çöqqiga çiquvçilar aynan Köl qişloq orqali yurişadi.
Safarimiz avvalida biroz qişloq aylandik, keyin qişloq maktabiga borib, u yerda şahar maktablari havas qiladigan şaroitlar borligiga guvoh böldik. Ayniqsa ingliz tili va informatika fanlari öqitiladigan xonalar zamonaviy öquv qurollari bilan jihozlangan. Maktab davlat tomonidan yangi qurib berilgan.

Köl qişloği unça katta emas, unda 1 500 kişi yaşaydi. Qişloqda atigi 4 oy havo issiq böladi, qolgan vaqt yomğir, qor yoğadi. Qişloq tört tarafdan toğlar bilan öralgan. Odamlar asosan çorvaçilik va toğ etaklaridagi qir-adirlarda dehqonçilik qilib kun köradi.

Havo salqinligi sabab kölliklar lalmi buğdoyni 15-20 maydan boşlab eka boşlaydi. Bor yerlarga kartoşka ham ekişadi. Aytişlariça, ba'zi yillarda kuzda buğdoy hali pişib yetilmasdan qor yoğib, hosil qor ostida qolib ketadi.
Odamlar uzoq davom etadigan qişda uylarini ötin bilan isitadi. Bu qişloqlarda ötin muammosi yöq, çunki giyoh ösadigan har bir qariç yerga daraxt ekişgan. Odamlar tez ösuvçi daraxtlardan kesib ötin ğamlaydi. Içimlik suvi ham muammo emas – toğ buloqlaridan polietilen quvurlarda suv tortib kelingan.


Biz borgan kun qişloqda kiçik köpkari taşkillaştirildi. Unda qişloq ahli va şu yaqin orada joylaşgan çegara qöşinlarida xizmat qilayotgan askar yigitlar özaro bahs olib borişdi. Farzandlarini körgani kelgan ota-onalar esa uloqqa sovrinlar qöyişdi.






















