«OKMKni ishonchli boshqaruvga berishdek xatoni boshqa takrorlamaslik kerak» - Otabek Bakirov
O‘zbekistonning birinchi va ikkinchi raqamli eksport tovarlari – oltin va mis sezilarli qimmatlagach, iqtisodchi Otabek Bakirov strategik ahamiyatga ega OKMKni qaytib ishonchli boshqaruvga bermaslik kerakligi haqida fikr bildirdi.

Otabek Bakirov / Foto: Kun.uz
«O‘tayotgan hafta O‘zbekistonning asosiy eksport tovarlari hisoblangan oltin va mis uchun judayam qulay keldi.
Oltin unsiyasi hafta davomida deyarli 4 foizga qimmatlab, 1830 dollarga, misning tonnasi esa hafta davomida 5 foizdan ko‘proqqa qimmatlab 10425 dollarga yetgan. Misning narxi oxirgi 15 yildagi maksimumdir. Turli prognozlarga ko‘ra, mis narxi yaqin yillarda 20 000 dollarga chiqishi aytilmoqda.
Oltin O‘zbekistonning boshidagi toj – Navoiy kon-metallurgiya kombinatining, mis esa mamlakatning ikkinchi tayanchi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining asosiy mahsuloti.

O‘tgan yillar davomida OKMKni ishonchli boshqaruvga berish bo‘yicha achchiq tajribaga ega bo‘ldik.
Bu yo‘qotishlar va xato tajriba oxirgisi bo‘lsin. Chetdan kirib kelgan va mamlakatniyam sotib yuborishga tayyor bo‘lgan yebto‘ymas oligarxiya turli yo‘llar bilan bu ikki kombinatni qo‘lga kiritishga anchadan buyon ko‘z tikib, tamshanib yotibdi. Gibrid urinishlar to‘xtagani yo‘q. Rangli metallar narxi oshib borayotgani bu urinishlarni yana faollashtiradi.
NKMK va OKMKning qo‘ldan ketishi mamlakatning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini quruq fasadga aylantiradi. Mustaqil pul-kredit siyosati, budjet barqarorligi haqida unutishga to‘g‘ri keladi. Barcha masalalar bo‘yicha mamlakat tashqi boshqaruv sub'yektiga aylanadi, qo‘yadi», – deya xavotir bildirgan iqtisodchi.
Ma'lumot o‘rnida, 2017 yilda «Olmaliq KMK», «O‘zmetkombinat» va «O‘zikkilamchiranglimetall» AJlar boshqaruvi «SFI Management Group»ga topshirilgandi. 2021 yil 17 fevraldan ushbu kelishuvlar bekor qilindi.
Aprel oyida esa «SFI Management Group» «Yoshlik-I» konini o‘zlashtirish» investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishtirokchilar ro‘yxatidan chiqarildi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda
Fan-texnika | 00:30
-
AQSh ikki oy ichida Suriyadagi qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni boshlaydi
Jahon | 00:07
-
Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini doimo himoya qilib kelgan - TIV vakili
O‘zbekiston | 23:31 / 15.04.2025
-
Google delfinlar bilan muloqot qilish imkonini beruvchi texnologiyani ishlab chiqdi
Fan-texnika | 23:21 / 15.04.2025
Mavzuga oid

22:40 / 08.04.2025
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv

20:13 / 08.04.2025
Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi Rossiya kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga berildi

12:00 / 26.02.2025
OKMKda yangi ohak zavodi qurilishiga start berildi

17:14 / 05.02.2025