Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri Kun.uz fotonigohida
G‘alaba bog‘idagi amfiteatrda 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbari Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 76 yilligi bilan barcha faxriylarni, butun xalqimizni tabrikladi.
«Bugungi shonli sanani biz doimo cheksiz quvonch va cheksiz iztirob bilan nishonlaymiz.
Siz, mo‘tabar faxriylarimizning beqiyos mardlik va matonatingiz, insoniyat tarixiga abadiy o‘chmaydigan, buyuk sahifa bo‘lib yozilganini, chuqur minnatdorlik bilan e'tirof etamiz.
Ulug‘ va tabarruk yoshlarga yetib, bugun oramizda sog‘-salomat, duogo‘y bo‘lib yurgan urush va mehnat frontining barcha jangchilariga, yana bir bor yuksak mehr va hurmatimizni izhor etib, ularning barchalariga chin yurakdan tashakkur aytamiz», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Urush fojialaridan saboq chiqarib, tinchlik uchun kurashish bugun har qachongidan ham dolzarb bo‘lib borayotgani ta'kidlandi. O‘zbekiston o‘z strategiyasiga muvofiq, tinchlik va barqarorlik, millatlar va dinlararo totuvlikni asrash, davlat mustaqilligini yanada mustahkamlash yo‘lidan boradi.
Tadbir televideniye orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilindi. Davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bayram ishtirokchilari, nuroniylar bilan videoaloqa orqali muloqot qildi.
Shavkat Mirziyoyev tadbirga kelgan urush va mehnat faxriylari bilan salomlashib, hol-ahvol so‘radi. Ularga sihat-salomatlik, uzoq umr tiladi. Keksalar mamlakatimizga tinchlik-osoyishtalik, xalqimizga farovonlik tilab duolar qildi.
Prezident nuroniylar bilan birga bayramga bag‘ishlangan konsert dasturini tomosha qildi.
Tantanada ishtirok etgan Kun.uz muxbirlari jarayon aks etgan maxsus fotojamlanma tayyorladi.
Fotomuxbir Nuriddin Nursaidov.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI davlatlari mudofaa xarajatlari uchun 150 mlrd yevrolik fond tuzishga kelishib oldi
Jahon | 18:33
-
Bishkekda o‘zbekistonlik talaba avtohalokatga uchradi. Komada yotgan qizning onasi yordam kutyapti
Jamiyat | 18:17
-
Uslub eski, vazifa yangi: O‘zbekistonda minglab odamlar navbatdagi moliyaviy piramida qurboni bo‘ldi
O‘zbekiston | 18:10
-
Vetnam 10 mingdan ortiq dron shousi bilan jahon rekordini o‘rnatdi
Jahon | 17:46
Mavzuga oid

14:40 / 09.05.2025
G‘alaba bog‘ida “Xotira nuri” texnologik yodgorlik majmuasi ochildi

14:22 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?

16:33 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘idagi «Millat fidoyilari» xiyobonida bo‘ldi

21:19 / 03.05.2025