Bugun, 11 may kuni Farğona viloyati hokimligida yöl-transport hodisalari oldini oliş, mavjud muammolarni bartaraf etiş va oldinda turgan vazifalarni kelişib oliş yuzasidan tezkor yiğiliş ötkazildi.

Viloyat hokimi Xayrulla Bozorov iştirok etgan yiğilişda kuni keça Yozyovon tumani hududidan ötgan A-373 xalqaro ahamiyatdagi yölda sodir bölgan mudhiş yöl-transport hodisasi natijasida 6 nafar fuqaro – ikki oila vakillari vafot etgani va 4 nafar fuqaro tuman şifoxonasining jonlantiriş bölimida hayot uçun kuraş olib borayotgani ma'lum qilindi.

Şundan kelib çiqib, vodiy viloyatlarini boğlovçi A-373 yönalişidagi yöl belgilari, beton tösiqlar, yöl yoritgiçlarini qayta körib çiqiş böyiça işçi guruh tuzilib, vodiy viloyatlari töliq örganib çiqilişi ta'kidlab ötildi. 

Yiğilişda mutasaddilarga katta yöl qismlarini asfalt qiliş bilan birga içki yöllar xususan, piyoda yölakçalari, velosipedçilarning harakatlanişi uçun şaroit yaratilişi, yöllarni yotiq çiziqlar, nur qaytargiçlar orqali yoritiş masalasini ham körib çiqiş vazifasi yuklatildi.