Innovatsiya vazirligi Germaniya bilan hamkorlikda yangi loyiha amalga oshiradi
Innovatsiya vazirligi Germaniya bilan hamkorlikda «Zamonaviy innovatsion markazlar – 2022» texnik yordam loyihasini boshladi. Bu haqda Kun.uz’ga vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

10 may kuni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) direktori Yorg Pudelka tomonidan 250 ming Yevro qiymatidagi «Zamonaviy innovatsion markazlar – 2022» texnik yordam loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
Loyiha 3 ta asosiy komponentdan iborat bo‘lib, u ilg‘or Germaniya tajribasiga tayangan holda innovatsion markazlar xodimlari va innovatsion tizimning asosiy ishtirokchilarining stajirovkalarini tashkil etish, aholining innovatsiyalar to‘g‘risida xabardorligini oshirishni o‘z ichiga oladi.
Memorandum doirasida Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Germaniya jamiyatining (GIZ) beg‘araz grantlari asosida 15 nafar innovatsiya sohasidagi mutaxassislar Germaniyaga malaka oshirishga yuboriladi, xalqaro ekspertlar yordamida «Innovatsion markazlarni boshqarish to‘g‘risida»gi qo‘llanma ishlab chiqiladi hamda Germaniyaning innovatsiya sohasi to‘g‘risidagi litsenziyalangan hujjatli filmlar mamlakat teleradiokanallari orqali keng jamoatchilikka taqdim etiladi.
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonovning qayd etishicha, respublika hududlarida innovatsion infratuzilmalarni tashkil etilishida kadrlar masalasi, ularning malakasi katta ahamiyatga ega. Innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar mas'ulligidagi ilmiy ishlanmalari tijoratlashtirish markazlariga umumiy konsepsiya ishlab chiqish eng muhim vazifalardan biri. Ushbu Memorandum shunday innovatsion markazlarni rivojlantirish, boshqarish sohasini yangi va yuqori pog‘onaga ko‘tarishda katta turtki bo‘lib xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pentagon AQShning NATO harbiy qo‘mitasidagi vakilini lavozimdan bo‘shatdi
Jahon | 21:02
-
Xitoy AQSh vitse-prezidentini «johil va odobsiz» deb atadi
Jahon | 20:57
-
Pentagon Sharqiy Yevropadagi harbiy kontingentini qisqartirish imkoniyatini muhokama qilmoqda
Jahon | 20:56
-
«Tashabbusli budjet»ning 2-mavsumida ba’zi mahallalarga tanaffus beriladi
O‘zbekiston | 20:37
Mavzuga oid

10:40
Germaniyaning AQShga eksporti yangi tariflar tufayli 15 foizga qisqaradi

17:31 / 07.04.2025
Germaniyada maktab o‘quvchilarini urush holatiga tayyorlash tavsiya qilindi

13:35 / 05.04.2025
«Oltinlarimiz qayerda?» - nemislar AQShdagi zaxiralar yuzasidan xavotir bildirdi

09:12 / 04.04.2025