Jamoatchilik nazoratini mensimagan tibbiyot xodimiga qonuniy chora ko‘rildi
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyat hududiy birlashmasi tomonidan joylarda kuzatuv monitoring ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Uychi tumanida olib borilayotgan kuzatuv jarayonida Tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli poliklinikasida olib borilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, o‘rganish davomida tibbiyot xodimi O,N xonasini ko‘zdan kechirayotgan bir paytda O,N tomonidan jamiyatning mutaxassislarini har-xil so‘zlar bilan haqoratlagan.
Fuqaro O,N.ga kuzatuv-o‘rganishlar yuzasidan tushuntirish ishlarini telefon orqali tushuntirilganda ham fuqaro tomonidan jamiyat rahbariga nisbatan qo‘pol so‘zlar ishlatilganligi sababli jamiyat tomonidan fuqaroga chora ko‘rilishi to‘g‘risida tegishli organ tashkilotlariga murojaat etishgan.
Ushbu murojaat Uychi tuman sudi orqali ko‘rib chiqildi. Sud jarayonida barcha ma'lumotlar aniqlandi va fuqaroga Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi bilan ushbu kodeksning 33-moddasini qo‘llab bazaviy hisoblash miqdoring uch barobari miqdorida (669.000 ming so‘m) jarima jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid
07:56 / 18.04.2022
Qashqadaryoda tibbiyot xodimlari majburiy mehnatga jalb qilindi
22:06 / 27.08.2020
Koronavirusga qarshi kurashda halok bo‘lgan to‘rt nafar tibbiyot xodimi «Jasorat» medali bilan taqdirlandi
00:26 / 08.08.2020
14 kunlik faoliyati uchun 610 nafar tibbiyot xodimiga 13,3 mlrd so‘m to‘lab berildi – Moliya vazirligi
20:25 / 26.07.2018