Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahridagi ta'lim muassasalarida karantin yana 14 kunga uzaytirildi
Samarqand shahridagi ta'lim muassasalarida joriy qilingan karantin yana 14 kunga uzaytirilgan. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Samarqand shahar hokimligi huzuridagi epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasining navbatdagi qarori tasdiqlangan. Unda, Samarqand shahar hududida infeksiya yuqtirib olish ko‘rsatkichi bir necha barobar oshib borayotgani sababli ta'lim muassasalarida 14 kunlik yangi karantin davri joriy etilishi belgilangan.
Qarorga ko‘ra, Samarqand shahridagi bog‘chalar, maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda OTMlarda 10 maydan 25 maygacha karantin joriy etiladi va darslar onlayn tarzda olib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahar hokimligi huzuridagi epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasining qaroriga ko‘ra, joriy yil 27 apreldan 10 may kuniga qadar shahardagi barcha ta'lim muassasalarida karantin joriy qilingan va darslar onlayn tarzda davom ettirilishi belgilangan edi.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026