Samarqand shahridagi barcha maktab va maktabgacha ta'lim muassasalari karantinga yopiladi
27 apreldan Samarqand shahridagi barcha maktab va maktabgacha ta'lim muassasalarida 14 kunlik karantin joriy etildi. Bu haqda Xalq ta'limi va Maktabgacha ta'lim vazirliklari matbuot xizmatiga asoslangan holda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Foto: KUN.UZ
«Maktablarda o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari aniqlangan taqdirda, Sanitariya-epidemiologik xizmat markazlari tuman (shahar) xalq ta'limi bo‘limi va tuman (shahar) hokimligiga taklif kiritib, Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari yoki hududiy komissiya qarorlari bilan ayrim maktablarning faoliyati vaqtincha to‘xtatilib, 2 haftaga karantinga olinmoqda. Bu vaqt mobaynida mazkur maktablar onlayn tartibda faoliyat yuritadi. Samarqand shahridagi maktablarning yopilishiga ham mana shu tartib asos bo‘ldi», dedi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati rahbari Laylo Rustamova.
Uning qo‘shimcha qilishicha, 22 aprel holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 10008ta maktabdan 163tasi, ya'ni 1,6 foiz maktab masofaviy ta'lim shakliga o‘tkazilgan, ya'ni karantinga olingan.
Bu raqamlar esa Sanitariya-epidemiologik xizmat markazlarining talabnomalaridan kelib chiqib, o‘zgarib boradi.
Maktabgacha ta'lim vazirligi matbuot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayevaga ko‘ra, Samarqand viloyatining markaziy shahridagi 1-, 2-, 31- va 80-sonli maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarda koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari aniqlangan.
«Shundan kelib chiqqan holda, Samarqand shahridagi MTMlar karantinga yopilmoqda. Vaziyat ayrim keskin choralar ko‘rishni talab qilmoqda», – dedi Asqarxo‘jayeva.
Ma'lumot uchun, 20 aprel kuni Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan Camarqand viloyatidagi bog‘chalar faoliyatini o‘rganish natijalari e'lon qilingandi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fuqarolarni AQShga noqonuniy yo‘llar bilan yuborishga uringan shaxslar ushlandi
O‘zbekiston | 13:15
-
Mers Putinni 12 maydan boshlab o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 13:00
-
Migratsiya agentligi litsenziyasiz xorijga ishga jo‘natayotganlarga nisbatan qat’iy chora ko‘rmoqda
O‘zbekiston | 12:59
-
Xitoy O‘zbekistonda transport vositalarini sinovdan o‘tkazish markazini tashkil etmoqchi
O‘zbekiston | 12:50
Mavzuga oid

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

13:24 / 28.11.2024
“Samarqandni odamlar shahriga aylantirishimiz kerak, hozir mashina-shaharga aylangan” - Turdimov

21:39 / 27.11.2024
Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi mumkin

11:25 / 29.09.2024