Camarqand viloyati Samarqand tumanida fuqaroni Janubiy Koreya davlatiga işlaş uçun yuborişni va'da qilgan firibgar uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, fuqaro A.K. fuqaro Q.H. va E.A.larga Janubiy Koreyaga işlaş uçun yuborişni va'da qilib, ularning işonçiga kirgan. Söng, ulardan 8 500 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritib, şaxsiy ehtiyojlari uçun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan A.K.ga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.