Markaziy bank 2021 yilning yanvar-aprel oylarida Özbekistonga kelib tuşgan xalqaro transçegaraviy pul ötkazmalarining hajmi haqida ma'lumot berdi.
Qayd etilişiça, ötgan 4 oy davomida Özbekistonga jismoniy şaxslar tomonidan qariyb 1,99 mlrd. dollar mablağ yuborilgan. Bu körsatkiç 2020 yilning mos davriga nisbatan 663 mln. dollar yoki 50 foiz, 2019 yilning mos davriga nisbatan esa 34 foizga oşgan.
Şu bilan bir qatorda, çet elga yuborilgan xalqaro pul ötkazmalari miqdori 478 mln. dollarga yetgan.
Natijada, 2021 yilning yanvar-aprel oylarida transçegaraviy pul ötkazmalari böyiça ijobiy saldo qariyb 1,52 mlrd. dollarni taşkil etmoqda.
Bundan avval, yanvar-mart oylarida Özbekistonga jismoniy şaxslar tomonidan 1,42 milliard dollar pul jönatilgani, xorijga yuborilgan transçegaraviy pul ötkazmalari esa 353 million dollarga yetgani xabar qilingandi.
Ma'lumot uçun, 2020 yilda respublikaga kelib tuşgan xalqaro transçegaraviy pul ötkazmalari hajmi 6,03 milliard dollarni taşkil etib, 2019 yilga nisbatan 17 million dollarga yoki 0,3 foizga oşgan.












