Nima uçun özbekistonlik yetuk olimlarning ilmiy maqolalari dunyoning taniqli jurnallarida kam çop etiladi? Scopus kabi ilmiy loyihalarda nima sababdan özbek olimlarining iştiroki darajasi past, ularning maqolalariga keltirilgan havola-iqtiboslar soni kam?
Özbekiston Innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov 26 iyun kuni Xalqaro press-klub sessiyasida mazkur savollarga quyidagiça javob berdi.
«Çop etiş – bu siyosiy masala. Bu – ilmiy yutuq emas. Eng zör narsangizni ham çop eta olmaysiz. Masalan, şaxsan özim qator jurnallarning tahrir hay'ati a'zosiman. Siyosiy masala deganimda nimani nazarda tutyapman, bu – juda katta konkurs. Har bir sohada olimlarning öz yönalişi bor. Davlatlar ham bermaydi bu konkursni», – degan Abdurahmonovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Vazirning ta'kidlaşiça, nufuzli xorijiy ilmiy naşrlarda maqola çop qilişning eng murakkab tomonlaridan biri – maqolaning talab etilgan darajadagi ingliz tilida yozilgan bölişi kerakligidir.
«Biz texnik ingliz tilida yoza olmaymiz, maqolalarni jurnallar talabida bera olmaymiz.
Şuning uçun biz bitta katta loyihaga qöl urganmiz. Buni şu oy içida e'lon qilamiz – Proofreading service.
Masalan, Xitoyga bordik – deyarli inglizça gaplaşişmaydi, bu tilda yoza olişmaydi. Lekin har önta olimidan bittasining «Nature»da, «Science»da publikatsiyasi bor. Söradik, qanday qilib? Sababi – ularda prufriding servislar bor.
Prufriding – maqolani tekşirib, öşa jurnalning talabiga moslab beradigan xizmat turi. Eng zör maqolani, eng zör tadqiqotni bersangiz ham, jurnalning talabiga tuşmagandan keyin, qaytarib yuboraveradi.
Hammani ingliz tilida yozadigan qila olmaymiz, bu aniq. Özimizning tilda yozamiz va prufriding servislardan foydalanamiz. Olimlarimiz özbek yoki rus tilida çiroyli qilib yozib bersa, bu xizmat haqini biz tölab beramiz. Qolaversa, impakt faktori birdan yuqori bölgan har bir maqolaga mukofotlar e'lon qilmoqçimiz», – dedi Innovatsion rivojlaniş vaziri.
Abdurahmonovning sözlariga köra, hozirda Qozoğiston olimlari Özbekistondagi hamkasblariga qaraganda 1,5 barobar köp maqola çop etmoqda. «Sababi – prufriding servislaridan allaqaçon foydalanişyapti», – deydi u.

















