Farğona viloyatida 6 nafar fuqaro ölimiga sabab bölgan mudhiş yöl-transport hodisasi tafsilotlari oşkor qilindi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lumotlarga köra, 2021 yilning 10 may kuni Buxoro viloyati, Vobkent tumanida yaşovçi B.Q. boşqaruvidagi «Cobalt» avtomaşinasi Toşkent— Öş yölining Yozyovon tumani «Guliston» MFY hududida harakatlanib ketayotganida qarama-qarşi yönalişdan kelayotgan D.S.ning «Cobalt» avtomaşinasi bilan töqnaşib ketgan..

Mazkur YTH natijasida olti kişi tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan. Yana tört kişi esa Yozyovon tumani şifoxonasining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. Ularning ahvoli oğirligiça qolmoqda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Yozyovon tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» (odam ölimiga sabab bölgan transport boşqariş qoidalarini buziş) bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Farğonada sodir bölgan YTH oqibatida 6 kişi halok bölgani haqida xabar berilgan edi.















