AQŞda Colonial Pipeline quvuri faoliyati töxtab qolişi fonida benzin narxi 2014 yildan buyon rekord darajaga yetdi. Bu haqda Amerika avtomobil assotsiatsiyasi (AAA) ma'lum qildi.
Hakerlik hujumi sababli quvur faoliyati töxtaganidan beri bir gallon benzinning narxi örtaça yetti sentga, 3,02 dollargaça oşdi. Bu 2014 yil oktyabrdan buyon qayd etilgan eng yuqori körsatkiçdir.
Hozirda kamida sakkiz ştat avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalarining ommaviy yopilişi bilan töqnaş kelmoqda.
Eslatib ötamiz, AQŞning eng yirik quvur liniyasi Colonial Pipeline’ga kiberhujum uyuştirildi va liniya faoliyati töxtab qoldi. Amerika hukumati yonilği tanqisligi xavfi bois hududiy favqulodda vaziyat rejimini e'lon qilgan.












