Misr Ğazo sektorida uzoq muddatli sulh e'lon qiliş taklifi bilan çiqdi, ammo Isroil bu taklifni rad etdi, deb xabar berdi AP.

Qayd etilişiça, misrlik muzokaraçilar dastlab HAMAS yetakçilari bilan uçraşgan, söngra Tel-Avivda isroilliklar bilan muzokara ötkazgan.

Agentlikning xabariga köra, Misr Isroilga bir yillik sulh tuziş va sulhni Qohira nazorat qilişi böyiça taklif bilan çiqqan.

Al Arabiya naşrining yozişiça, Isroil harbiy operatsiyalarini yakunlamaguniça sulh tuzişni rad etgan. Bundan taşqari, Ğazo sektorida tinçlik örnatişda Qohiraning vositaçilik qilişiga rozi bölmagan.

Isroil va Ğazo sektorini nazorat qiluvçi HAMAS va «Islom jihodi» harakatlari örtasidagi navbatdagi ixtilof 10 may kuni boşlandi. HAMAS Isroilga ultimatum qöyib, Quddusdagi Masjidul Aqso atrofidagi hududlar va Şayx Jarroh dahasidan xavfsizlik kuçlarini olib çiqişni talab qilgan, yöqsa uruş boşlaş bilan tahdid qilgan. Bundan avvalroq uşbu hududlarda Isroil politsiyasi va falastinliklar örtasida töqnaşuvlar bölib ötgan. Ularning boşlanişiga Isroilning Şayx Jarrohdan falastinlik oilalarni çiqarib yuboriş qarori sabab bölgan.