O‘zbekiston | 17:47 / 14.05.2021
12460
1 daqiqa o‘qiladi

«Niyatni yaxshi qiling, yaxshi niyat amalga oshadi». Prezident onkologiya kasalxonasiga bordi

Davlat rahbari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo‘lib, u yerda onkologik kasallikka chalingan bemorlar bilan suhbatlashdi.

“Niyatni yaxshi qiling, yaxshi niyat albatta amalga oshadi.  Kuchli bo‘lib, ota-onangizni xursand qilib, tuzalib ketsangiz menga ham katta baxt bo‘ladi. Hech narsadan o‘ylanmang”, - dedi Shavkat Mirziyoyev onkologiya shifoxonasidagi bemorlarga.

Davlat rahbari saratonga chalingan, bir oyog‘idan ayrilgan namanganlik o‘quvchi qizga protez oyoq qo‘ydirishni o‘z zimmasiga olarkan, unga dalda berdi: “Germaniyada bormi, Amerikada bormi, yaxshi protez olib kelib beraman. Buni o‘zim nazoratga olaman. O‘qishni davom ettirishni albatta nazoratga olamiz. Hokimga topshiriq beraman”, - deya ta'kidladi prezident.

Mavzuga oid

E`lonlar