12 may kuni Armaniston mudofaa vazirligi Ozarboyjon kuçlari çegaradagi uçastkalardan birida «çegarani belgilab oliş» böyiça muayyan işlarni amalga oşirişga uringanini ma'lum qildi. Paşinyanning ta'kidlaşiça, ozarboyjonlik harbiylar buning uçun Armaniston çegarasini kesib ötişgan. 13 may kuni Yerevan Bokuni Armaniston hududiga qöşinlarni kiritişga uringanlikda ayblagan. 14 may kuni Armaniston mudofaa vazirligi 13 maydagi kelişuvga qaramay, Ozarboyjon kuçlari Syunik oblastida qolayotganini ma'lum qilgan.    

«Keça erişilgan kelişuvga köra, bugun (14 may) Ozarboyjon qurolli kuçlari Armanistonni tark etişi kerak edi. Bu kelişuv qisman bajarildi va Ozarboyjon kuçlari tark etgan hududlar bor. Biroq u töliq bajarilmagani sababli men 1997 yildagi Döstlik, hamkorlik va özaro yordam haqidagi kelişuvga muvofiq Rossiya prezidentiga Armanistonga kömak, jumladan, harbiy yordam körsatilişini sörab murojaat qildim», deb ma'lum qilgan Paşinyan çegaradagi vaziyat böyiça ötgan yiğilişda.

Yerevan çegaradagi hodisani oldindan rejalaştirilgan iğvo deb hisoblamoqda. Bundan taşqari, Armaniston Syunik oblastida voqealar rivoji «yomon ssenariy» böyiça ketişi ehtimoli borligini va bunga tayyor turiş kerakligini aytmoqda.

Öz navbatida, Ozarboyjon Yerevanning çegara böyiça kelişib oliş jarayoniga munosabatini «noadekvat» deb atagan va Armaniston hukumatini saylovlar oldidan vaziyatdan içki siyosiy maqsadlarda foydalanmaslikka çaqirgan.  

Armaniston, şuningdek, Syunik oblastidagi vaziyat böyiça KXŞTga rasmiy murojaat yöllagan. Murojaat körib çiqiliş muddati uç kunni taşkil qiladi.