Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islandiyada faol vulqon joylashgan yer sotuvga qo‘yildi
Islandiyada Fagradalsfyadl vulqoni joylashgan yerga egalik qiluvchi oila uni sotuvga qo‘ydi. Ma'lum qilinishicha, butun yerni yoki uning bir qismini sotib olish mumkin.
Avvalroq Islandiya poytaxtidan 35 km uzoqlikda joylashgan Reykyanes yarimorolidagi Fagradalsfyadlda vulqon otila boshlagan. Mahalliy aholi buning oqibatida Reyk'yavik osmoni qizil rangga kirganini ma'lum qilgan. Kuchli vulqon otilishi oldidan hududda seysmik faollik kuzatilgan. Yarimorolda oxirgi bir necha hafta ichida 40 mingtadan ko‘proq yer silkinishi qayd qilingan.
Yer egasi Anna Tordis Gudmundsdottirning ta'kidlashicha, yerni sotib olish bo‘yicha hozirda 2ta taklif tushgan. Yer egalari uning yangi egasi bu yerda sayyohlar uchun qiziq obekt qurishiga umid qilishmoqda.
Ayolning aytishicha, yer uning oilasiga bir necha avlod davomida tegishli bo‘lgan va uni sotish o‘yi ancha oldin paydo bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, yerning yangi egasi u yerda turistik zona tashkil etish uchun davlatdan moliyaviy ko‘mak olishi mumkin. Islandiya bosh vaziri Katrin Yakobsdouttirning so‘zlariga ko‘ra, hukumat ushbu obekt tashriflar uchun ochiq qolsa, u yerda tegishli infratuzilmani tashkil etish uchun 70 mln kron (560 ming dollarga yaqin) berishga tayyor.
Mavzuga oid
21:07 / 28.05.2026
Shveytsariya eng qimmat mamlakat maqomini boshqa davlatga boy berdi
21:50 / 21.10.2025
Islandiyada birinchi marta qon so‘ruvchi chivinlar topildi
19:12 / 18.10.2025
Eronda 700 ming yil avval so‘ngan vulqon «uyg‘ondi»
16:52 / 03.08.2025