Ozarboyjonda Armaniston bilan çegaradagi keskinlik ortida harbiy maşğulotlar boşlandi. Maşğulotlarda 15 ming harbiydan taşqari, 300ta zirhli texnika, 400ga yaqin raketa-artilleriya qurilmasi, yalpi öt oçiş reaktiv tizimlari, minomyotlar va tanklarga qarşi vositalar, 50taga yaqin samolyot, vertolyot va dronlar iştirok etadi.

Xabarda ta'kidlanişiça, maşğulotlarda asosiy e'tibor Bokuda Armaniston bilan Toğli Qoraboğda 2020 yil kuzida yuz bergan ixtilofda töplangan jangovar tajriba hisobga olinib, qöşinlarni boşqariş, ularni jangovar şaylik holatiga keltiriş va qayta guruhlaşga qaratiladi.

Ozarboyjon maşğulotlar ötkazişini 12 mayda e'lon qilgan. Şu kuni Armaniston ozarboyjonlik harbiylar «çegarani aniqlaştirib oliş» vaji ostida Armaniston çegaraoldi hududlaridan birida muayyan işlarni amalga oşirişga uringanini ma'lum qilgan. Uşbu işlar arman harbiylari aralaşuvidan keyin töxtatilgan. Yerevanning ta'kidlaşiça, 13 may kuni Ozarboyjon harbiylari Vardenis (Gegargunik oblasti) va Sisian (Syunik oblasti) şaharlari yaqinidagi çegara orqali Armanistonga kirişga uringan.

Armaniston boş vaziri vazifasini bajarayotgan Nikol Paşinyan uşbu hodisalarni mamlakat suverenitetiga rahna soliş deb atagan. Uning aytişiça, ozarboyjonlik harbiylar Armaniston hududiga 3,5 km içkari kirib, Sevliç kölini örab olmoqçi bölgan. Paşinyan Bokuni nizo çiqarişga urinişda ayblab, 14 may kuni Rossiyadan harbiy yordam söragan.

Öz navbatida, Ozarboyjon Yerevanning munosabatini noörin deb atab, Toğli Qoraboğda öt oçişni töxtatiş böyiça 2020 yil noyabrda tuzilgan bayonotga köra, Armaniston bilan çegaradoş Kelbajar va Loçin tumanlarida çegara qöşinlarini joylaştiriş jarayoni borayotganini ma'lum qilgan.