Benzin narxi kötarildi
Ai-80 markali avtomobil benzini narxi ikki hafta içida örtaça 4,3 foizga kötarildi. Bu toifa benzinning bir litri 5800 sömdan sotila boşlandi.
Narx oşişi jahon bozorida pandemiyadan keyin yalpi talab tiklanayotgani, buning ortidan neft narxi oşişi bilan izohlanadi.
Paxta yoği arzonladi
Birjada klasterlar paxta çigitining boşlanğiç narxlarini tuşirişi natijasida paxta yoğining boşlanğiç qiymati va birjadagi narxlari ham pasaydi.
Xususan, ötgan hafta paxta yoğining boşlanğiç narxi örtaça – 5,3 foizga, birja savdolari natijasida şakllangan narxi esa mos tarzda – 11,3 foizga arzonladi.
Hafta boşida 9 ta viloyatda ösimlik yoği narxi pasaygani, ammo Toşkentda narx ösişda davom etgani ma'lum qilindi. Aksilmonopol qömita 34 ta klasterni özaro kelişgan holda birjada çigit narxini sun'iy oşirganlikda gumonlab, iş oçgan.
Uy-joyga bölgan talab 2,5 foizga oşdi, ammo uylar qimmatlaşi kutilmayapti
2021 yil aprel oyida Özbekistonda köçmas mulkka bölgan talab mart oyiga nisbatan 2,5 foizga oşdi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma'lumotiga köra, uy-joy narxlari oşişi kutilmayapti. Çunki hukumat tomonidan uy-joylar kvadrat metrining narxi 4 mln sömdan oşmasligini ta'minlaş vazifasi qöyilgan. Xususan, bunga arzon quriliş materiallari bilan ta'minlaşni yölga qöyiş orqali erişiş rejalaştirilgan.
Şubhali korxonalar soni 96taga köpaydi
DSQ soliq tekşiruvlarining törtinçi bosqiçida yana 96ta korxonani «şubhali» deb topdi. Undi ularning soni 667taga yetdi.

















