Temir yöl köprigi ta'mirlanişi sababli Namangan—Çortoq yönalişidagi poyezdlar qatnovi vaqtinça töxtatildi.
Namangan viloyati Transport boşqarmasi axborot xizmati xabar berişiça, Namangan viloyati hududida joylaşgan Namangan—Çortoq bekatlari oraliğidagi 108 km 7-piketda joylaşgan Çortoqsoy temir yöl köprigida temir-beton köprigini qayta ta'mirlaş munosabati bilan mazkur bekatlar oraliğida poyezdlar harakati vaqtinçalik töxtatildi.
Toşkent — Namangan — Andijon yölovçi poyezdlar qatnovi Toşkentdan Namangangaça va Qöqon — Namangan — Andijon şaharlararo elektropoyezdi Namangan bekatigaça qöyilişi hamda yuk va yölovçi taşiş poyezdlarning şakllantiriş rejasiga vaqtinça özgartirişlar kiritilişi ma'lum qilingan.
















