Armaniston hududiga Ozarboyjon harbiylari kiritilganidan söng yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etiş böyiça muzokaralar 19 maydan davom etadi, dedi Armaniston boş vaziri vazifasini bajaruvçi Nikol Paşinyan.

"Keça tungaça muzokaralar ötkazildi, çorşanba kuni muzokaralar davom etadi. Muzokaralarda bitta mavzu köriladi – Armaniston hududidan Ozarboyjon harbiylarini olib çiqib ketiş. Hozirda vaziyatni inqirozli deb baholaymiz, çunki bu Armaniston suvereniteti, barqarorligi, hududiy yaxlitligiga xavf soladi", – dedi Paşinyan.

Uning ta'kidlaşiça, agarda vujudga kelgan vaziyatni siyosiy yöl bilan hal qilişning imkoni bölmasa, "u holda harbiy-siyosiy mexanizmlar qöllanilişi lozim".

 12 may kuni Armanistonning Syunik oblasti Goris şahri hokimiyati Ozarboyjon harbiylari davlat çegarasini buzgani haqida xabar qilgandi.

 Öz navbatida Ozarboyjon taşqi işlar vazirligi Armaniston hukumatini vaziyatdan saylovoldi maqsadlarida foydalanmaslikka çaqirdi.