Özbekistonda «Qizil kitob»ga kiritilgan qönğir ayiq rossiyalik ovçi tomonidan öldirilgan edi. Unga Ekologiya qömitasi raisi ruxsatnoma bergani jamoatçilik e'tiroziga sabab bölmoqda.
Ruxsatnoma 2 ta ayiqni otiş uçun berilgan bölib, ovçida yana bir ayiqni otiş huquqi saqlanib qolayotgandi.
Noroziliklardan söng, Ekologiya qömitasi bu ruxsat bekor qilinişini bildirdi.
«Rossiyalik ovçi Ye.P Şirokovga qömita tomonidan ov qiliş uçun ruxsatnoma joriy yilning 3 martdan 31 dekabr kunigaça berilgan. 2021 yil «Qizil kitob»ga kiritilgan qönğir ayiqni ovlaş uçun ajratilgan kvotadagi 2 ta ayiqqa ariza Rossiya fuqarosi Ye.P.Şirokovdan kelib tuşganligi uçun ham ruxsatnoma unga berilgan edi.
Kvotadagi ikkinçi ayiq örnatilgan tartibda, ya'ni qonun ustuvorligidan kelib çiqqan holda körilib, bölib ötgan jamoatçilik e'tirozini inobatga olib, ikkinçi ayiqni otişga ruxsat berilmaydi», – deya qömitaning Bioxilmaxillik va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar boş boşqarmasi boşliği Abduraşid Sodiqovdan iqtibos keltirmoqda Ekologuz Telegram-kanali.
Sodiqov ruxsat bekor qilinişiga huquqiy asoslar bor-yöqligi masalasiga aniqlik kiritmagan. Ovçi ikkita ayiqni ov qilişga ruxsatnoma uçun pul tölagan, uning kompensatsiyasi qay tartibda hal etilişi noma'lum.
Ekoqöm boşqarma boşliği, ayni holat böyiça qömita matbuot xizmati e'lon qilgan dastlabki bayonotdagi singari, ayiqni ovlaşga ruxsat berilgan holatda barçasi qonuniy bölganiga urğu bergan.
Uning tuşuntirişiça, «Ov qiliş va ovçilik xöjaligi töğrisida»gi qonunga asosan, «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonlarni çeklangan miqdorda ovlaş mumkin. Buning uçun har yili kvota ajratiladi. Neçta kvota ajratişni Ekologiya qömitasi hal qiladi; bunda ov qilişga kelib tuşgan arizalar soniga qaraladi, Fanlar akademiyasidan xulosa olinadi.











