Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva va Aziz Abduhakimov Moskvada Ivan Kudryashov asarlari ko‘rgazmasining ochilishida ishtirok etadi
Bugun, 17 may kuni, Moskvadagi Davlat Tretyakov galereyasida «Ivan Kudryashov. Rassom tavalludining 125 yilligiga» deb nomlangan ko‘rgazma ochiladi.
O‘zbekiston tomonidan bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi kengashi raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva tabrik nutqi bilan chiqish qiladi.
Ushbu ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Ko‘rgazma tarkibida 300dan ortiq eksponatlar, shu jumladan 29ta rasm va 214ta grafik asarlar, 1ta haykaltaroshlik asari, arxiv materiallari mavjud.

Ma'lumot uchun, Ivan Kudryashov (1896-1972) rassom, grafik artist, suprematist, o‘tgan asr san'atida kosmizmning eng yirik vakili, abstrakt san'atda o‘z yo‘nalishining asoschisi, pedagog bo‘lgan.

Ivan Kudryashov yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro muzey loyihasi — bu rus avangardi eng yorqin ustalaridan biri asarlarining ilk va to‘liq retrospektivasidir. Bu ijodiy hayoti g‘ayrioddiy va shu bilan birga, XX asr rus madaniyati tarixini anglash uchun xarakterli bo‘lgan, ko‘tarilish va tushishlarga hamda insoniy dramalariga to‘la rassom san'atining ko‘rgazma-tadqiqotidir.

Ko‘rgazmaning ochilishi uchun Kudryashov ijodiga bag‘ishlangan birinchi monografik tadqiqot yaratilgan bo‘lib, unda Rossiya, O‘zbekiston, Gretsiya va Fransiya kolleksiyalaridan 150dan ortiq asarlar nashr etilgan.
Mavzuga oid
17:16 / 01.07.2026
«Tamerlano» operasi Parijni zabt etdi - Saida Mirziyoyeva
18:37 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva YuNeSKO bosh direktori bilan uchrashdi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
16:27 / 26.06.2026