Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 maydagi “Özbekiston Respublikasi saylovçilarining yagona elektron röyxatini şakllantiriş va yuritiş tartibi töğrisidagi nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qarori qabul qilindi.
Saylov kodeksiga, şuningdek, prezidentning "Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida" 2018 yil 4 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, Özbekiston Respublikasi saylovçilarining yagona elektron röyxatini şakllantiriş va yuritiş tartibi töğrisidagi nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritiladi.
Xususan, 2-band quyidagi kiçik band bilan töldirildi:
Özbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (agar saylovçi fuqaro çet davlatda bölsa, xorijga çiqiş pasporti yoki diplomatik pasporti) yoki identifikatsiya ID-kartasi seriyasi va raqami, jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsiya raqami, familiyasi, ismi, otasining ismi (davlat tilida, lotin yozuvida), tuğilgan sanasi, doimiy yoki vaqtinça istiqomat qilayotgan fuqarolarning yaşaş joyi manzili va uning kadastr raqami Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallaştiriş markazi tomonidan taqdim etiladigan axborotlar hisoblanadi.
Bundan taşqari, 4«d»-bandda aniqlaştirilişiça, Taşqi işlar vazirligi çet davlatlardagi diplomatik va boşqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uçastka saylov komissiyalari tomonidan saylovçilar röyxatiga kiritilgan öşa davlat hududida turgan Özbekiston fuqarolari töğrisida axborotlarni taqdim etadi.
9-band quyidagi kiçik bandlar bilan töldirildi:
DSQ huzuridagi Kadastr agentligi - fuqarolarning köçmas mulk obektlari kadastr raqamlari, ular joylaşgan manzili va geolokatsiya töğrisida axborotlarni taqdim etadi;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qömitasi, Milliy gvardiya oliy harbiy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan fuqarolar töğrisida - saylov boşlanişidan uç oy avval, muddatli harbiy xizmatni ötayotgan fuqarolar töğrisida esa - saylov boşlanişidan 4 oy avval axborotlarni taqdim etadi.
Mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan taqdim etilgan saylov uçastkalarining dislokatsiyalari asosida saylov uçastkalariga tegişli hudud çegaralari böyiça Kadastr agentligi tomonidan saylov okruglari va uçastkalarining geolokatsiyali elektron xaritasi tuziladi.

















