Tahlilçilar bu qarorlarini Kanberra öz ehtiyoji uçun işlatadigan energiyaning 48 foizini ekologik toza manbalardan olişi bilan asoslaşgan.
Jumladan, Avstraliya poytaxtida quyoş energetikasi katta uluşni taşkil qilib, köp miqdorda şamol elektr stansiyalari örnatilgan. Bundan taşqari, Kanberrada ifloslaniş böyiça eng past körsatkiçlardan biri qayd qilingan.
Reytingning 2-örnini Ispaniya poytaxti – Madrid egallagan. Ekspertlar uşbu şaharning energetika va transport sohasida yuqori körsatkiçlarga egaligini e'tirof etişgan. 3-örinni Avstraliyaning yana bir şahri – Brisben egallagan. Röyxatning yetakçi öntaligiga, şuningdek, Dubay, Kopengagen, Frankfurt, Hamburg, Praga, Abu-Dabi va Tsyurix kiritilgan.
Yanvar boşida dunyoning havosi eng ifloslangan şaharlari reytingi e'lon qilingandi. Antireytingning 1-örnini Bişkek egallagan.

















