O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi negizida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tashkil etilmoqda.
Belgilanishicha, Paralimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Quyidagilar Paralimpiya qo‘mitasining asosiy vazifalari etib belgilanyapti:
- paralimpiya sport turlarini ommaviylashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish;
- yozgi va qishki paralimpiya sport turlarini rivojlantirishga ko‘maklashish, sport obektlari va inshootlarining konsepsiyalari, texnik topshiriqlari, texnik-iqtisodiy asoslari/parametrlari va boshqa loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- paralimpiya sport turlari bo‘yicha musobaqalar va chempionatlar, forumlar, konferensiyalar, seminarlar va yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib boshqa tadbirlarni o‘tkazish, shuningdek, ular orqali tinchlik, do‘stlik va o‘zaro tushunish g‘oyalarini targ‘ib-tashviq qilish;
- paralimpiya sport turlari bilan shug‘ullanadigan trenerlar, uslubchi-yo‘riqchilar hamda boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va kasbiy rivojlantirishning zamonaviy va samarali tizimini joriy etish;
- respublikada yoki boshqa xalqaro sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) va boshqa tashkilotlarida o‘z a'zolarining huquq va qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish, o‘z a'zolarini axborot, ilmiy-uslubiy va moddiy-texnik jihatdan ta'minlash;
- paralimpiya sport turlarini rivojlantirish bo‘yicha klublar faoliyatini tashkillashtirish va samarali boshqarish, milliy va xalqaro sport tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilish va tajriba almashish.
Joylarda paralimpiya sport turlarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish, uslubiy qo‘llab-quvvatlash va monitoring qilish maqsadida Paralimpiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari tashkil etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
- 2021 yil 1 sentyabrga qadar hududiy paralimpiya bo‘linmalarining moliyaviy hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tegishli hududda paralimpiya sport turlarini rivojlantirish uchun homiylar biriktirilishini, shuningdek, ularni joylashtirish uchun bino va inshootlar ajratilishini;
















