Yangi ştammni aniqlaş ustida Ilğor texnologiyalar markazi olimlari iş olib borişgan. Mazkur ştamm hozirgaça dunyoning 74 davlatida aniqlangan edi. Koronavirusning “hindça” ştammi tez yuquvçanligi bilan boşqa ştammlariga nisbatan xavfli deb hisoblanmoqda. Bu ştamm aniqlangan Hindiston davlatida hozirgi kunda 30 mln kasallaniş, 390,2 ming ölim holati qayd etilgan.
23 iyun kuni Qozoğiston hukumati bu ştamm mamlakat poytaxti Nur-Sultonga yetib kelganini ma'lum qildi. Sönggi haftada şaharda kunlik kasallaniş körsatkiçi 40 foizga oşgan, qator bemorlarning tahlil natijalari ularga yangi ştamm yuqqanini körsatgan. Qöşni davlatda sönggi bir kunda 1248ta kasallaniş holati qayd etilib, 12 bemor vafot etdi.
Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi esa sönggi bir kunda 442 kişida kasallik qayd etilib, 400ga yaqin bemor tuzalgani, bir nafar bemor vafot etgani töğrisida xabar berdi.
Mamlakatda yangi kasallaniş holatlari soni kundan kunga oşmoqda, sönggi marta may oyi boşida 442tadan yuqori holat (+452) qayd etilgandi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3513 nafar bemor davolanmoqda.
















